07.12.2023

YASHIL MAKON

О‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HUZURIDAGI MALAKA OSHIRISH MARKAZI SAMARQAND VILOYATI MINTAQAVIY FILIALIDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI BО‘YICHA О‘TKAZILGAN TADBIR TOʻGʻRISIDA MA’LUMOT

Bugungi globallashuv jarayonida tabiiy atrof-muhitga oqilona munosabatda bо‘lish, uni ongli ravishda muhofaza qilish, shuningdek yuzaga kelgan ekologik muammolarni oldini olish, ularning konstruktiv yechimini topish va destruktiv omillarini bartaraf etish hamda “shaxs-tabiat-jamiyat-davlat” munosabatlari tizimi barqarorligiga erishish davlat siyosatining asosiy ustuvor yо‘nalishlaridan biridir. Bu borada malakatimizda keng qamrovdagi amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz bо‘ylab olib borilayotgan bugungi ishlar bu yо‘ldagi amaliy ishlarning namunasidir. Bu yо‘lda namuna bо‘lib kelayotgan Samarqandlik bog‘bon Ismatullayev Adhamxon xoji boboning daraxt kо‘chatlarini yetishtirib Respublika bо‘ylab bepul tarqatishlari taqsinga sazavordir. Ushbu xayrli ishning davomi sifatida 2023 yil 6 dekabr kuni Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-о‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari о‘rtasida о‘z hududlarini obodonlashtirish maqsadida 200dan ortiq tut kо‘chatlari tarqatildi.

Mamlakatimiz bо‘ylab olib borilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi amaliy ishlar albatta, kelajak avlodga о‘z mevasini beradi.

Izoh qoldirish