Ajdodlar merosini o'rganish
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Namangan viloyati mintaqaviy filiali III davra tinglovchilaridan ibroat imom xatib va noibilar hamda filial professor-o'qituvchilari tomonidan filialning yillik ish re'jasida belgilangan "Ajdodlar merosini o'rganish" dasturi asosida bugun, 5 dekabr sanasida Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan "Sulton Uvays Qaroniy" majmuasiga ziyorat safari amalga oshirildi. Ziyorat asnosida Sulton Uvays Qaroniy shaxsi hamda hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2019 yillarda yangidan bunyod etilgan majmua to'g'risida qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lindi. Safar so'ngida o'tganlar haqqiga hamda yurtimizda tinchlik va farovonlikni bardavom bo'lishini Yaratgandan so'rab duoyi fotixa qilindi.




УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish