Kokildor оtа xonaqohi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik
imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 2-davra 1-guruh tinglovchilari 2023 yil
26-oktyabr kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Kokildor оtа xonaqohi” meʼmoriy yodgorlikga
sayohat uyushtirildi.
Kokildor xonaqohi – Kokildor xonaqohi toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (maydoni 27,5 x 17 metr), 5 xonadan iborat. Baland va chuqur ravoqli peshtoq orqali markaziy xona (maydoni 7,5 x 7,5 metr) ga kiriladi. Markaziy xonaning gumbazi 8 qirrali poygumbaz ustiga oʻrnatilgan, ikki yon tomonidagi xonalar oʻzaro oʻxshash, teng hajmda, dalon orqali bogʻlangan orqa va yon eshiklari boʻlgan. Markaziy xona sahnida bir necha qabr saqlanib qolgan. Ichkaridagi ravoq va namoyonlarga ganchqori usulida pardoz berilgan. Gumbaz osti bagʻallari muqarnaslar bilan bezatilgan. Xonaqohning ichki koʻrinishi tashqi koʻrinishidan keskin farq qiladi.
Kokildor ota xonaqohining old qismi pishiq gʻishtdan bunyod etilgan. Inshoot qurilishi rejasi koʻp jihatdan Sulton Saodat majmuasi qurilish rejasiga oʻxshab ketadi yaʼni uch pogʻonali old qism gʻoyasi qoʻllangan. Uning qurilish rejasi simmetrik ravishda boʻlgan. Asosiy qismda kirish va ulkan gumbazga ega katta zalli ayvon joy olgan. Bino devorlariga ganj bilan bezak berilgan. Binoning ichki qismida sagʻanalar joylashgan boʻlib, ularning orasida eng katta sagʻana Kokildor otaga tegishli.
Kokildor ota xonaqohiga kirish qismi XV asr Temuriylar davri meʼmoriy inshootlariga oʻxshab ketadi. Olimlarning fikricha, inshoot temuriylar davrida Termizdagi boshqa koʻplab yodgorliklar (Hakim al-Termiziy va Sulton Saodat majmualari) qatori qayta taʼmirlangan.
Izoh qoldirish