02.11.2023

“Milliy qadriyatlar bizning o‘tmishimizni, bugunimizni va kelajagimizni ko‘rsatib beruvchi ko‘zgu” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

Milliy qadriyatlar bizning o‘tmishimizni, bugunimizni va kelajagimizni oynadek ko‘rsatib turadi va milliy o‘zligimizni saqlab qolishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Asrlar davomida shakllanib kelgan qadriyatlarimizga har doyim yuksak hurmat ko‘rsatib kelganmiz. 2023-yil 31-oktyabr kuni Samarqand davlat veterinariya medicinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida  milliy qadriyatlar kuni nishonlandi. Tadbir boshida  milliy qo‘l hunari buyumlari va milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shundan so‘ng, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filialining tarix fanlari nomzodi, docent B.Turganov tomonidan talabalarga milliy qadriyatlarimiz bebaho boyligimiz ekanligi, jamiyatimiz taraqqiyotida  asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanishi, ularni avloddan-avlodga yetkazish har birimizning farzandlik burchimiz ekanligi haqida suhbat bo’lip o’tdi. 

 

 

 

 

Izoh qoldirish