DAVLAT TILI — MILLIY MA’NAVIYATIMIZ TIMSOLI
O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HUZURIDAGI MALAKA OSHIRISH MARKAZI SAMARQAND VILOYATI MINTAQAVIY FILIALIDA O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANLIGINING 34 YILLIGI MUNOSABATI BILAN “DAVLAT TILI — MILLIY MA’NAVIYATIMIZ TIMSOLI” MAVZUSIDA TASHKIL ETILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR HAQIDA MA’LUMOTNOMA
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 2023-yil 21-oktyabr kuni mintaqaviy filialining rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari va malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Davlat tili — milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Kirish so‘zida filial direktori J.Ochilov tadbir ishtirokchilarini bugungi bayram bilan tabriklab, O‘zbek tili davlat tili sifatida mamlakatimizda yashovchi millat va elatlarning tillari va boshqa xorijiy tillar bilan birgalikda rivojlanayotgani, ta’lim muassasalarida yetti tilda o‘qitilayotgani, jamiyatimiz hayotida millatlararo ahillik, birdamlik hamda hamjihatlikni ta’minlashda muhim omil bo‘layotgani aloxida qayd etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi mudiri X.Djurakulov tomonidan bundan 34 yil oldin qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ona tilimizning huquqiy maqomga erishishiga zamin yaratgani, o‘zbek tilining o‘ziga xos jozibasidan, boy lug‘atidan foydalanish bilan birga, uni ilmiy asosda o‘rganish hamda yangi-yangi atamalar, so‘zlar bilan to‘ldirib borish uchun keng imkoniyatlar bergani alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida tinglovchilardan A.Axmedov va S.Abdiyevlar o‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotimizda tutgan o‘rniga to‘htalib o‘tdilar va ona tilimizni chuqur o‘rganish hamda uni rivojlantirish va ravnaq toptirish xususida o‘z fikr-mulohazalarini berib o‘tdilar.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va bu borada bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Izoh qoldirish