Til bor ekan, millat barhayotdir!”
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 2-davra tinglovchilariga 21-oktabr kuni mintaqaviy filalida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Til bor ekan, millat barhayotdir!” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning maʼnaviyati, madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi, eng muhimi mustaqillik belgisidir. Dunyoda 7 mingdan ortiq tillar muomalada boʻlib, dunyo aholisining 90 foizi 70 ta tilda soʻzlashadi. 200 ta til davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Bugungi kunda dunyoning 50 milliondan ortiq aholisi oʻzbek tilida soʻzlashib, bu tilda soʻzlashuvchilar soni boʻyicha dunyoda 27-oʻrinda turadi. 6 ta (oʻzbek, turk, qozoq, qirgʻiz, ozarbayjon, turkman, uygʻur) barqaror turkiy tillardan biri hisoblanadi. Oʻzbek tili dunyoning 60 dan ortiq universitetlarida, 200 dan ortiq maktablarida oʻqitiladi. Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir deb aytib o`tdi.
Milliy tilimizga, ona tilimizga boʻlgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu oʻrinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yoʻqotmak millat ruhini yoʻqotmakdur” degan edi Behbudiy.
Eʼtibor beryapsizmi, milliy tilni yoʻqotmak millat tilini yoʻqotmakka qiyoslanyapti. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi soʻzlarning zalvori ikki hissa ortadi deya ta`kidladilar.
- Davlat tilini rivojlantirish faqat tilshunoslar, shoir yoki yozuvchilarning ishi emas, balki mana shu yurtda yashab, shu yurtning changini yutib, suvini ichib, tuzini totib yashayotgan har bir insonning vazifasi hisoblanadi. Oddiy dehqon bo‘laylik yoki quruvchi, qaysi soha vakili bo‘lishimizdan qat’iy nazar, davlat tilining rivoji uchun hissa qo‘shish shu Vatan, shu xalqqa bo‘lgan farzandlik burchimizdir.
“O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi respublikamiz hududida yashovchi millat va elatlarning o’z ona tilisidan foydalanishga zamin yaratdi. Bu voqeadan so’ng barcha hujjatlar o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi. Bu Vatanimiz tarixida buyuk voqea edi. Men ona tilimiz barcha tillardan boy, deb baralla aytishim mumkin. Chunki Alisher Navoiy bobomiz “yig’lamoq” fe’lini 50 dan ortiq turiga izoh berganlar. Bu tilimiz boy ekanligidan darak emasmi? Ona tilim, sen mening oy-u quyoshimsan, hikmatlarga, o’gitlarga boy tilimsan. Go’daklikdan alla bilan qulog’imga inib, oq sut bilan yuragimga singgan bek tilim. Sen-onamdek poksan.
Til – millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. Shu bois ona tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini o‘rganish barchamizning asosiy burchimiz bo‘lishi lozim. Til bor ekan, millat barhayotdir.
Izoh qoldirish