20.10.2023

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Ona tilimiz – millatimiz ruhi. U bizning borliq va boyligimiz. U ko‘nglimiz mulki, davlatimiz ulug‘ timsolidir. Bundan qariyb 32 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan. Buyuk allomalar, xususan, Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tilining nufuzi, ahamiyati va qadri nafaqat Vatanimizda, balki xalqaro miqyosda kun sayin oshib bormoqda.

1989 yilning 21 oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.

“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son)     1-moddasi bilan 21 oktabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy  jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.

Shu sababli har yili 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan barcha joylarda adabiy yig’ilishlar, o’zbek tilining rivojiga hissa qo’shib kelayotgan o’zbek tili fidoiylari ishtirokida asarlar taqdimotlari, o’zbek tilimiz boy adabiy me’rosimiz mavzularida tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.

Huddi shunday tadbirlardan biri 20-oktyabr kuni, Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filialida Ajiniyoz nomidagi NDPI Filologoya fakultetining O’zbek tili mutaxassisligi bo’yicha doktaranti B.Kamalov Til -millat ko`zgusi” mavzusida mintaqaviy filial xodimlari va tinglovchilari bilan suhbat utkazdilar. Suhbat vaqtida u, tilimizning boshqa tillarga qaraganda qanchalik boy til ekanligini XV asrdayoq Hazrat Navoiy o'zining “Muhokamat ul-lug'atayn” asari orqali isbotlab ketgan. U kishining “Tilga ixtiyorsiz, elga e'tiborsiz” degan fikrlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q, balki biz uchun dasturulamal vazifasini o'tab kelmoqda. Ammo bu fikrga barchaning birdek amal qilmasligi tanamizdagi og'ir va yuqumli kasallikka o'xshab bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda: “O'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyat” ekanligini har bir inson qalbdan his qilmog'i darkor. Ona tilini sevmagan, uning qadrini anglamagan inson yuragida el-u yurtga, Vataniga muhabbat ham bo'lmaydi. Biz tilimizni qanchalik asrasak, yuksaltirsak, rivojlanishiga hissa qo'shsak, o'zga millatlar ham bizning tilimizni hurmat qilishadi hamda uning dunyo hamjamiyati maydonidagi o'rnini va poydevorini shunchalik mustahkam qo'ygan bo'lamiz. Zero, “Har bir millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadigan oyinai hayoti til va adabiyotdir”, Tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qolishi kerakligini aytib o’tdilar.

Izoh qoldirish