O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filialida bo‘ldi
2023-yil 18-oktyabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filialidagi mavjud shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Akademiya rektori mintaqaviy filialda olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning holatini ko‘zdan kechirdi. O‘z navbatida taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.
Ma’lumot uchun aytish joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil qilingan.
Bugungi kunda Samarqand, Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlari imom-xatiblar va noib imomlari uchun 4 hafta (144 soat)lik Islomshunoslik (islom tarixi va manbashunoslik, qur’onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi) yo‘nalishida malaka oshirish o‘quv kurslari olib borilmoqda.
Tashrif davomida mutasaddilar filial professor-o‘qituvchilari, xodimlari bilan suhbatlashib, bu yerdagi imkoniyatlar va o‘quv jarayonlarining borishi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Izoh qoldirish