Hadis ilmi maktabi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari hamda professor-o`qituvchilari ishtirokida 2023-yil 19-oktyabr kuni Hadis ilmi maktabi ustozi Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlari bilan “Imomlik – buyuk mas’uliyat” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbati to‘g‘risida
MA’LUMOT.
Malaka oshirish oʼquv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tayyorlangan takliflar va ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tinglovchilar bilan koʼchma mashgʼulotlar, yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, Imom Buxoriy xalkaro ilmiy-tadkikot markazi va Xadis ilmi maktabining axborot reurs markazidan foydalanishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada Hadis ilmi maktabi bilan hamkorlikda muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.
Xususan, 2023-yil 19-oktyabr kuni Hadis ilmi maktabida “Imomlik – buyuk mas’uliyat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda hadis ilmi oliy maktabining o‘qituvchilari – Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlari va Mahmudjon domla Аbdurahmonovlar tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o‘qituvchilari bilan qiziqarli davra suhbati olib borildi.
Davra suhbatini Hadis ilmi maktabining “Hadis ilmlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Maxmud Abduraxmonov ochib berdi va tinglovchilarga Hadis ilmi maktabi ustozi Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlarini tanishtirdi.
Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlari “Imomlik – buyuk mas’uliyat” mavzusi bo‘yicha ma’ruza qildilar.
O‘tkazilgan davra suhbatida tinglovchilar davra suhbatini katta qiziqish bilan tingladilar. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va batafsil javoblar oldilar.
Davra suhbati so‘ngida tinglovchilar Fazilatli Shayx Jamoliddin Hoshim hazratlari bilan esdalik uchun sur’atga tushdilar.
Reja bo‘yich darsdan keyingi mashg‘ulotlar davom etmoqda.
Izoh qoldirish