06.10.2023

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Kokildor оtа xonaqohi”

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik
 imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 1-davra 1-guruh tinglovchilari 2023 yil
25-sentyabr kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Kokildor оtа xonaqohi meʼmoriy yodgorlikga sayohat uyushtirildi.

Kokildor xonaqohi – Termiz tumani Namuna qishlogʻida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Temuriylar hukmronlik davrida amalga oshirilgan qayta taʼmirlash ishlari sababli, hozirgi mahobatli holatiga kelgan. U koʻp xonali ulkan inshootdir. Unda qatʼiy nisbat va simmetriya saqlanib qolingan. Kokildor ota xonaqohi bugungi kunda Srxondaryo viloyatida turizmning rivojlanishiga katta hissa qoʻshib kelmoqda.

Nomlanishi - Xalq orasida Aloulmulk Xudovandzoda (Termiz hukmdori) koʻshki, „Azizon“, „Azlar eshon“, „Kokildor“ (kokil qirqish udumi) deb nomlangan (13—16-asrlar).

Xonaqoh soʻzi forscha „xona-oʻy“ maʼnosini anglatadi. Avvallari soʻfiy va darveshlar yasagan maskan xonaqoh deb nomlangan.

Kokildor ota hakim Termiziyning kuyovi, hurayda binti Muhammad al-Hakimning umr yoʻldoshi hisoblanadi. U shaxsning asl ismi Somon Ashur Hamzai Hofiz Kokildor hisoblanadi. U hattot, olim hamda koʻplab asarlarning muallifi hamdir. Somon Ashur 21 yoshida sochini oʻstirib „Hamzai Hofiz Kokildor“ taxallusi bilan milodiy 952—953-yillarda Qirqqiz qalʼasiga ilm olish uchun boradi. 966-yilda Termiziyning qiziga uylanadi keyin „Koʻshki Kokildor“ maqbarasi qurishga ruhsat oladi. Lekin qurilish ishlari nihoyalanmay yaʼni milodiy 980—981-yilda Somon Ashur vafot etadi va oʻz maqbarasiga dafn qilinadi.

Taʼmirlanishi - Kokildor ota xonaqohiga kirish qismi XV asr Temuriylar davri meʼmoriy inshootlariga oʻxshab ketadi. Olimlarning fikricha, inshoot temuriylar davrida Termizdagi boshqa koʻplab yodgorliklar (Hakim al-Termiziy va Sulton Saodat majmualari) qatori qayta taʼmirlangan.

Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan atrofi obodonlashtirilib, taʼmir ishlari amalga oshirildi.

Maqbara shu yerda yashovchilar tomonidan bir necha marotaba taʼmirlangan. 2001-yil avgust oyida Somon Ashur Hamzai Hofiz Kokildorning xoki Sulton Sodot qabristoniga koʻchirib oʻtkaziladi.

Izoh qoldirish