Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Qirqqiz” qal’asiga - qadimiy yodgorligiga sayohat uyushtirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik
imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 1-davra 1-guruh tinglovchilari 2023 yil
25-sentyabr kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Qirqqiz” qal’asiga - qadimiy yodgorligiga
sayohat uyushtirildi.
Qirq Qiz qal’asi – Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida joylashgan me’moriy yodgorlik bo’lib, yozma ma’lumotlarda uni qachon, kim tomonidan qurilgani haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Tadqiqotchilar tomonidan ushbu inshootdan foydalanilganligi to’g’risida turli farazlar mavjud.
1926 yilda Sharq madaniyati muzeyi tomonidan o’tkazilgan ekspeditsiyada Qirq qiz birinchi marta o’rganilib, ekspeditsiya a’zosi V.Zgura yodgorlikni katta bo’lmagan saroy yoki shahar tashqarisidagi qal’a deb ta’riflaydi. Xorun ar-Rashid (786-809) qurdirgan Frot daryosi yaqinidagi Xigarka qal’asiga o’xshashligini aniqlaydi.
V. Zgura inshootning yaqin orada qurilmaganini va mo’g’ullar bosqini arafasida XIII asrda vayron etilganini aytib o’tadi. Bir vaqtning o’zida 1927 y. Sharq madaniyati muzeyi tomonidan B.N.Zasipkin rahbarligidagi ikkinchi ekspeditsiya o’tkaziladi. Zasipkin Qirq Qiz qal’asining markaziy qismida qazishma ishlarini olib boradi. 1928 yilgi hisobotida yodgorlikning gumbazi bo’lganligini va saqlanib qolmaganligini aniqlaydi. Qirq qizni mo’g’ullargacha bo’lgan davrda qurilganini va yodgorlikni honaqo deb ataydi. 1948-yilgi tadqiqotlarida majmuani VIII-IX asrlarda qurilgan deb taxmin qiladi. 1936-yilda М.Y. Masson rahbarligida TAKE ekspeditsiyasi yodgorlikni o’rganib,
VI-VOO asrlarga oid deb hisoblaydi. G.A.Pugachenkovaning fikriga ko’ra, shahar tashqarisidagi zodagon saroyi bo’lgan. Keying tadqiqotlari natijasida Ilk O’rta asrlarda qurilganini va keying asrlarda bu joylar “Shahri Somon” deb atalib, inshootda Somoniylar bilan bog’liqlik bo’lganini taxmin qiladi. 1940 yilda B.V. Veymarn Qirq qizni karvonsaroy deb ataydi. 1983-yilda Z.Hakimov yodgorlikda olib brogan qazishmalari natijasida katta maydonda yong’in bo’lganligini aniqlaydi. Poldan topilgan tangalarni E.V.Rtveladze XIV-XV asrlarga, bir tanga esa XII asrga oid ekanligini aniqladi. Termizlik arxeolog T.J.Annayev Qirq qizda 2016 y. juda keng ko’lamli ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi va buning natijasida ushbu binoni XIV-XV asrlarda qurilgan deb taxmin qildi.
Izoh qoldirish