Al Hakim at-Termiziy
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik
imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 1-davra tinglovchilari 2023 yil
26-sentyabr kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Al Hakim at-Termiziy” maqbara meʼmoriy yodgorligiga
joylarda amaliy mashg’ulot uyushtirildi.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-Termiziy - Termiz shahri IX asrda Movarounnahrning eng yirik va obod shaharlaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan. Shaharda ilm-fan va madaniyat yuksak darajada taraqqiy etgan. Islomiy ilmlar bo‘yicha Termiz shahridan yetishib chiqqan ko‘plab allomalar at-Termiziy nisbasi bilan butun dunyoda mashhur bo‘lgan.
“Ma’naviyatimizning buyuk siymolari” nomli loyihamizning navbatdagi sonida Termiz shahridan yetishib chiqqan benazir olim va ulug‘ mutafakkir Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy haqida fikr yuritamiz.
Bu ulug‘ zotning tarjimayi holiga oid ma’lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojuddin as-Subkiy, al-Xatib al-Bag‘dodiy, Ibn Hajar al-Asqaloniy, as-Sullamiy va boshqalar asarlarida, shuningdek, uning qalamiga mansub “Bad’u sha’ni Abu Abdulloh” (“Abu Abdulloh ishining boshlanishi”) nomli avtobiografik risolasida keltirilgan.
Al-Hakim at-Termiziy tavallud topgan sana xususida ham yozilgan manbalar va adabiyotlarda turli yillar keltirilgan. Odatda, O‘rta asrlarga oid yozma manbalarda aksar hollarda muallifning faqat vafot etgan yili ko‘rsatilib, tavallud etgan sanasi keltirilmaydi. Jumladan, taniqli olim Hoji Xalifa o‘zining “Kashf uz-zunun” nomli mashhur asarining bir necha o‘rinlarida al-Hakim at-Termiziy vafotini hijriy 255 (milodiy 869) yil deb ko‘rsatgan. Shuningdek, allomaning Termiz shahri yaqinida joylashgan maqbarasi ustida o‘rnatilgan qabrtoshdagi bitiklarda ham uning hayoti haqida ba’zi ma’lumotlar keltirilib, vafot etgan sanasi hijriy 255 (milodiy 869) deb yozilgan. Boshqa ba’zi manbalarda ham uning mazkur sanada vafot etganligi qayd etiladi. Al-Hakim at-Termiziyning uzoq – 116 yoinki 120 yil umr ko‘rganligini e’tiborga olsak, alloma VIII asrning o‘rtalarida (taxminan 750–760-yillar oralig‘ida) tavallud topgani ayon bo‘ladi. Ayni vaqtda ba’zi zamonaviy tadqiqotchilar uning tavalludi va vafoti haqida batamom boshqa sanalarni ko‘rsatgan. Jumladan, al-Hakim at-Termiziyning hayoti va uning ta’limotini chuqur o‘rgangan misrlik taniqli olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka al-Hakim at-Termiziyni hijriy 205 (milodiy 820) yilda Termiz shahrida tavallud topib, uzoq umr ko‘rib, hijriy 320 (milodiy 932) yilda 112 yoshida vafot etgani haqida yozadi. Uning maqbarasi Termiz shahrining yaqinida Amudaryo bo‘yida joylashgan.
Maqbara ustida gumbaz ko‘tarilgan, bino ichida esa juda hashamatli bezaklar bor. Marmardan yasalgan va noyob naqshlar va arab yozuvlari bilan bezatilgan avliyoning qabr toshli diqqatni o‘ziga tortadi. Ansamblning yonida sal keyinroq qurilgan jome masjidi joylashgan.
At-Termiziy majmuasi hududida yana bir nechta qiziqarli diqqatga sazovor joylar mavjud: Chillaxonalar – milodiy V-X asrlarga oid qadimiy g‘or inshootlari, qadimgi Tarmita shaharchasining xarobalari (Eski Termiz), Termiz shah ri va Termiz shahar muzeyi.
Izoh qoldirish