QUR’ONI KARIM VA TAJVID KURSLARINING NAVBATDAGI BOSQICHI YAKUNLANDI
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda 2023-yilning 5-may – 5-avgust kunlari tashkil etilgan 3 oylik “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbati 14-bosqichi yakunlandi. Shu munosabat bilan 2023-yil 9-avgust kuni Akademiya axborot resurs markazida tinglovchilar uchun bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Islomov, Akademiya “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi rahbari B.Muxtarov, kurs o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi. Z.Islomov bitiruvchilarni 3 oylik kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan muborakbod etib, ularni ilm olishda bardavom bo‘lishga hamda bugungi kunda yurtimizda berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanib, turli yot g‘oyalar va behuda ishlardan uzoq bo‘lishga chaqirdi.
Tadbir yakunida 60 nafar tinglovchilarga “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursida ta’lim olganliklari haqidagi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, kurs davomida o‘zining faolligi va chiroyli xulqi bilan namuna ko‘rsatgan tinglovchilarga Akademiya rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg‘alari taqdim etildi.
Qur’oni karim va tajvid kurslari davom etmoqda.
Izoh qoldirish