28.09.2023

Malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2023-yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita markaziy apparati xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi. Unda 30 nafar tinglovchilar ishtirok etdi.

Mazkur o‘quvlar avvalgilariga qaraganda yuqori saviya tashkil etilib, dars mashg‘ulotlari modullar bo‘yicha turli vazirlik va idoralardan sohaning malakali mutaxassislari hamda mas’ul xodimlarni jalb etgan holda zaminaviy pedagogik texnologiyalar asosida bo‘lib o‘tdi. 

O‘quvlar yakunida bitiruv tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, Malaka oshirish markazi direktori X.Axmedov, professor-o‘qituvchi va tinglovchilar ishtirok etdi. Tinglovchilarga malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari haqidagi sertifikat va estaliq sovg‘alari topshirildi.

Izoh qoldirish