
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun 144 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Mazkur o‘quvlarga turli vazirlik va idoralardan mas’ul xodimlar hamda sohaning malakali mutaxassislari jalb etilmoqda. Jumladan, 2023-yil 13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov tomonidan “Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarining sohadagi mas’uliyati, joylarda amalga oshirilishi belgilangan ishlar dasturi, ijro intizomi, fuqarolar bilan ishlash va hududlarda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash masalalari, diniy tashkilotlar faoliyati, targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etish mexanizmlari bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimi N.Alixanova tomonidan “Sog‘lom turmush tarziga amal qilishda to‘g‘ri oqatlanishning ahamiyati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Mazkur dars mashg‘uotida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, to‘g‘ri ovqatlanish gigiyenasi va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish masalalari borasida tavsiyalar berildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish