27.09.2023

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxonasida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali 1-davra tinglovchilari bilan 2023-yil 26-sentyabr kuni tushdan keyingi tadbirlar rejasiga asosan Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxonasida davra suhbati tashkil etildi.

 

Tinglovchilarni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari Otabek Muhammadiyev kutib olib, ushbu markazda joylashgan kutubxona bilan tanishtirib o‘tdi.

 

Tadbir davomida tinglovchilar kutubxonada mavjud qoʻlyozmalar, elektron kataloglari va turli tillarda nashr etilgan kitoblar fondi bilan tanishdilar.

  

 

 

Reja bo’yicha Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish ishlari davom etmoqda. 

Izoh qoldirish