“Harbiy muomala madaniyati qudratli jangchi majburiyati” shiori ostida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Xabaringiz bor, Qurolli Kuchlarimiz harbiy xizmatchilari o‘rtasida milliy muomala madaniyatini yuqori pog‘onaga ko‘tarish, sohada harbiy atamalardan to‘liq va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish boʻyicha qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Aksariyat mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari imijining tarkibiy qismlari sifatida harbiy xizmatchining tashqi ko‘rinishi, uning jangovar ruhi va shijoati, yuksak vatanparvarligi va sadoqati kabi shaxsiy sifatlar belgilangan. Ushbu xususiyatlarning namoyon bo‘lishida, albatta, barcha toifadagi harbiy xizmatchilarning jamiyatda o‘zini tutishi, o‘zaro muomala madaniyati alohida ahamiyatga ega. Umuman, insonning fikrlash darajasiga ta’sir ko‘rsatishi nuqtayi nazaridan aytish mumkinki, muomala madaniyatiga rioya etish harbiy xizmatchilarning kundalik kasbiy faoliyatini va xizmatdagi xulq-atvorini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
Shu bois, 30-avgust kuni Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali docenti, tarix fanlari nomzodi B.Turganov O’zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi shimoli-g’arbiy harbiy okrugida o‘tkazilgan madbirda ““Temur tuzuklari” doktrinasining ahloqiy mohiyati” mavzusida ishtirok etdi va tadbir ishtirokchilariga Аmir Temur oʼrta asrlarning buyuk davlat arbobi va harbiy sarkardalaridan ekanligi, uning “Tuzuki Temur” – “Temur tuzuklari” asarini oʼqigan kishi bu fikrning haqqoniyligiga qanoat hosil qilganligi haqida aytib o’tdilar. Ushbu asarda Temurning xarbiy doktrinasi izohlangan. Uning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatining siyosiy va axloqiy printsiplari ifodalangandir”. “Temur tuzuklar”ida Sohibqironi saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir necha tuzukka ajratib va saltanatni boshqarish haqida qoʼllanma (dastur ul-amal) yozib qoldirganligini va “Temur tuzuklari” doktrinasining axloqiy mohiyati omillariga to’xtalib o’tdilar.
Muxtasar aytganda, Qurolli Kuchlarimiz tizimida milliy madaniyatimiz va tariximizning qadimiy an’analaridan oqilona foydalana olsak, har jabhada tilimizning boy imkoniyatlarini namoyon etsak, eng muhimi, bu borada jamoatchilik fikrini shakllantira olsak, bu, shubhasiz, o‘zligimiz tomonga dadil odimlarimiz bo‘ladi.
Izoh qoldirish