21.06.2023

Xo‘jai ilg‘or (Ilg‘or xo‘ja) ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik
 imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 8-davra 1-2-guruh tinglovchilari 
2023 yil 18-iyun kuni joylarda amaliy mashg‘ulot tadbirda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak daryo tepasidagi tog‘ ustida Xo‘jai ilg‘or (Ilg‘or xo‘ja) ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi.

Xalq orasida xo‘jalar yetti xo‘ja deb atalib, uning qarindoshllari Sariosiyo tumani Sangardak tog‘ hududida ham uchraydi. Sangardak qishlog‘ining shimoliy qismida, Sangardak daryo tepasidagi tog‘ ustida Xo‘jai ilg‘or (Ilg‘or xo‘ja) ziyoratgohi bor. U yerdan to‘rtta buloq chiqadi, suvi shifobaxshdir. Xo‘ja ilg‘or ziyoratgohining nomi Xo‘jaipesh (Peshqadam xo‘ja), Xo‘jai baland, Xo‘jai ustun (hammadan baland, yuqorida), deb ham ataladi. Yoz oylarida ziyoratgoh doim ziyoratchilar bilan gavjum. Qabr tog‘ning tepasida bo‘lib, uning ustiga mahalliy aholi tomonidan tomi shifr bilan yopilgan bir xonali xonaqoh qurilgan. 2019 yil bahorida ziyoratgoh "Vaqf" xayriya fondi Surxondaryo bo‘limi tasarrufiga o‘tkazilib, ular hisobidan ziyoratgohga chiqish uchun tog‘ning tepasigacha 1080 ta zina qilingan, bu ziyoratchilarga qulaylik tug‘diradi . 

Izoh qoldirish

Izohlar