
YANGI O’ZBEKISTON- MA’RIFATLI JAMIYAT
2023-yil 20-iyun kuni Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpogʼiston Respublikasi mintaqiy filialida “YANGI O’ZBEKISTON- MA’RIFATLI JAMIYAT” mavzusidagi Respublika ilimiy-amaliy konferenciya bo’lib o’tdi
2023-yil 20-iyun kuni Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpogʼiston Respublikasi mintaqaviy filiali tomonidan hozirgi kunda dolzarb boʼlgan “YANGI O’ZBEKISTON- MA’RIFATLI JAMIYAT” mavzusidagi Respublika ilimiy-amaliy konferenciya bo’lib o’tdi. Respublika ilimiy-amaliy konferenciyani Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raysining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlari bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari R.K.Nurazizov ochib berdi va Yangi O’zbekston taraqqiyotining maqsadi uchinchi Renessans bo’lishi lozimligini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekston Respublikasi mustaqilligining 29 yillik munosabati bilan tantanali tabrik nutqida ta’kidlaganini va bu strategik g’oya o’zining ulug’vorligi, milliy yuksalish, barcha javhalarda qanday umumiy maqsadni ko’zlamog’i zarurligiga qisqaxha to’xtalib o’tdi.

Shundan so’ng, Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpogʼiston Respublikasi mintaqiy filialining falsafa fanlar nomzodi, docent Sagindiqov Djubatxan Nawirzovich – “Uchinchi Renessans poydevorini yaratish va milliy ma’naviyat masalalari” mavzusida


Keyingi ma’ruzachi, Xorazm viloyati SHovot tumani "Yusuf Xamadoniy" jome masjidi imom noibi Rajabov Javlonbek Shamiratovich-“Ma’naviy tarbiyada dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg’unligi” mavzusida


Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumani "Badr ota" jome masjidi imom xatibi Djumamuratov Islam Radjapovich-“Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda islomiy qadriyatlatning o’rni” mavzusida


QQDU magistri Baynazarova Dilbar-“Demokratik islohotlarda ma’naviyatning o’rni” mavzusida ma’ruza qildilar


Tashkil etilgan ilimiy-amaliy konferenciya interaktiv, zamonaviy axborot-pedagogik texnologiyalar asosida maʼruza va amaliy shaklda olib borildi.
Izoh qoldirish