17.06.2023

Jarqoʻrgʻon minorasiga sayohat

2023-yil 16-iyun kuni O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali 8-davra tinglovchilari uchun Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Minor qishlogʻida joylashgan Jarqoʻrgʻon minorasiga tushdan keyingi tadbir rejasi asosida sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida Jarqoʻrgʻon minorasi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Jarqoʻrgʻon minorasi — Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Minor qishlogʻida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (110809). Xuroson meʼmorlik maktabi anʼanalari asosida barpo etilgan. Yonida bir vaqtlar pishiq gʻishtdan qurilgan Jome masjid boʻlgan (saqlanmagan). Jarqoʻrgʻon minorasi 8 qirrali poydevor ustiga gʻishtdan mavj shaklida terilgan 16 plitavor qobirgʻadan iborat. 20 m balandlikda gʻishtin panjarali ravoqlar ishlanib, uning ustida kufiy yozuvli belbogʻ hoshiya bor. Belbogʻ ustida yana qirralar davom ettirilgan, lekin minora tepasi saqlanmagan.

Minoraning hozirgi balandligi. 21,6 m, asosi (diametri — 5,4 m)ning kitobasida meʼmor nomi Ali ibn Muhammad Saraxsiy va qurilgan sanasi yozilgan (V. A. Shishkin tomonidan oʻqilgan).

Jarqoʻrgʻon minorasi taʼmirlangan, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Sayohat yakunida tinglovchilar Jarqoʻrgʻon minorasi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

https://meros.uz/upload/2017/03/645c947b2cb2ab4829b63048fd0ae1fa.jpg

 

Izoh qoldirish