20.05.2023

Adliya vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi

Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Namangan viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan imom-xatib va noib-imomlardan iborat VII davra tinglovchilarining darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli hamda samarali o’tkazish maqsadida turkum tadbirlar o'tkazilmoqda. shunday tadbirlardan biri 2023 yil 20-mayda bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda tinglovchilarga Adliya vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi Nodavlat diniy tashkilotlar boʻyicha bosh maslahatchisi  Axmadxodjayeva Zulfiya hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Namangan viloyati bosh mutaxassisi Saydullayev Ibrohim o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.Tadbir davomida VII davra o’quv mashg’ulotlariga jalb etilgan Andijon viloyatidan 12 nafar, Farg’ona viloyatidan 20 nafar, Namangan viloyatidan 25 nafar imom-xatib tinglovchilar hamda Filial professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Izoh qoldirish