-large.jpg)
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyati” to’g’risida trening-suxbati o’tkazildi
Malaka oshirish markazi Namangan viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan imom-xatib va noib-imomlarga “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyati” to’g’risida trening-suxbati o’tkazildi
Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Namangan viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan imom-xatib va noib-imomlardan iborat VII davra tinglovchilarining darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli hamda samarali o’tkazish maqsadida turkum tadbirlar o'tkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri 2023 yil 20-mayda bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda tinglovchilarga Adliya vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi Nodavlat diniy tashkilotlar boʻyicha bosh maslahatchisi Zulfiya Axmadxodjayeva hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Namangan viloyati bosh mutaxassisi Ibrohim Saydullayev o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyati” mavzusidagi nutqida Z.Axmadxodjayeva imom domlalarning kasbiy faoliyatlarida zaruriy me’yoriy hujjatlari, yangi tahrirdagi vijdon erkinligi to’g’risidagi qonunni mazmun-mohiyati hamda dinimiz arkonlarini xalqimizga yetkazishda imom-xatiblar e’tibor berishi lozim bo’lgan masalalar to’g’risida o’z fikrlarini bildirdi.
Tadbir davomida VII davra o’quv mashg’ulotlariga jalb etilgan Andijon viloyatidan 12 nafar, Farg’ona viloyatidan 20 nafar, Namangan viloyatidan 25 nafar imom-xatib tinglovchilar hamda Filial professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.
Izoh qoldirish