19.05.2023

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Sulton Saodat” meʼmoriy majmuiga sayohat uyushtirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik
 imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 7-davra 1-guruh tinglovchilari 2023 yil
16-may kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Sulton Saodat meʼmoriy majmuiga sayohat uyushtirildi.

 

Sulton Saodat - Sulton Saodat majmuasi 5 asr davomida (XII-XVII asrlar) Termiz sayidlari dafn etilgan joyda qurilgan. Ushbu majmuani diniy binolardan tashkil topgan. Majmuaning negizida 2 ta maqbara joylashgan bo‘lib, ular jome masjid vazifasini bajaruvchi ayvonlar bilan birlashtirilgan. Maqbaralar gumbazlar bilan yopilgan arkali kompozitsiyalar bo‘lib, ularning ichkarisida pishgan g‘ishtlardan qurilgan sag‘onalar joylashgan. Ularda  dekorativ naqshlarning qoldiqlari qisman saqlanib qolgan.

O‘n beshinchi asrning ikkinchi yarmida yana ikkita bino bir-biriga parallel ravishda qurildi  va qatordagi ba’zi binolar ayvonlar yordamida birlashtirildi. XVI-XVII asrlarda  turli davrlarga oid maqbaralardan iborat ichki hovli qurilgan. Bu chindan ham ajoyib ansambl bo‘lib, turli xil uslublar va turli xil davrlarga tegishli bo‘lgan maqbaralar bilan ajralib turadi, ammo shunga qaramay ular tuzilish va dekoratsiya qoidasi asosida bir biri bilan bog‘lanadi.

Termizdagi meʼmoriy yodgorlik (1017-asrlar). 

Termizning sharqida joylashgan bu ziyoratgoh 7 asr davomida shakllangan. 20 ga yaqin maqbarani oʻz ichiga olgan. Unda Sayyidlar sulolasining maqbaralari joylashgan. Dastlab shu atrofdagi yerlar egasi, paygʻambarimiz avlodlaridan boʻlmish Hasan al Amir (9-asr 2-yarmida vafot etgan) va boshqa bir manbada Amir Sayyid Ali Akbar maqbarasi bunyod etilgan. Xalq orasida S.Sm. nomi bilan mashhur boʻlgan maqbaralar 10-asrda, qolganlari, asosan, 15—17-asrlarda yonmayon qurilib, uzun hovlining 2 tomonini egallagan. 

Maqbaralar peshtoq va gumbazli chorsi xonalar (9×9,05 m va 10,15×10,25 m) dan iborat. Hovlining toʻridagi peshtoq va ikki qanotidagi gumbazli maqbaralar bir xil tarxda, janubidagi maqbara zinalar gʻisobiga kichikroq koʻrinadi. Shim.gʻarbidagi maqbaraning qurilma va bezaklari oddiy gʻisht (27×27×5 sm) dan juftjuft qilib terilib, mavjli bezak hosil qilingan. Ichki xona devorlariga gʻishtdan hoshiyali boʻrtma ravoqlar ishlangan. Jan.gʻarbdagi maqbara shim. gʻarbdagidan bir oz kichik, koʻrinishi oddiy, ganch suvokli. Mazkur 2 maqbara  orasidagi peshtokli supa toʻri ga mehrob joylashgan.

Izoh qoldirish

Izohlar