19.05.2023

SOG‘LOM TURMUSH TARZI

O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HUZURIDAGI MALAKA OSHIRISH MARKAZI SAMARQAND VILOYATI MINTAQAVIY FILIALI 7-DAVRA TINGLOVCHILARI VA FILIAL PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI ISHTIROKIDA 2023 YIL 17-MAY KUNI TUSHDAN KEYINGI TADBIRLAR REJASIGA ASOSAN  O‘TKAZILGAN “SOG‘LOM TURMUSH TARZI ” MAVZUSIDAGI MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TO‘G‘RISIDA

MA’LUMOT.

 

O‘bekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida oʼquv jarayonini takomillashtirish va tinglovchilarning darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, Imom Buxoriy xalkaro ilmiy-tadkikot markazi va Xadis ilmi maktabining axborot reurs markazidan, sport zallaridan foydalanishlar yoʼlga qoʼyilgan.

Xususan, 2023 yil 17-may kuni Hadis ilmi oliy maktabida joylashgan kompleks sport majuasida “Sog’lom turmush tarzi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir  boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o`qituvchilari bilan qiziqarli sport  mashg’ulotlari tashkil etildi. 

 

 

 

Reja bo‘yicha Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish ishlari davom etmoqda. 

Izoh qoldirish