16.05.2023

Surxondaryo bosh imom-xatiblarning ayollar masalalari bo‘yicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun tashkil etiladigan 1-kunlik o‘quv seminar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xuzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyat mintaqaviy filiali bilan xamkorlikda Surxondaryo bosh imom-xatiblarning ayollar masalalari bo‘yicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun tashkil etiladigan 1-kunlik o‘quv seminar.

 O‘zbekiston musulmonlar idorasining 2023 yil 18-apreldagi №1160-sonli xatiga asosan 
2023-yilning 15-may kuni dars jadvali asosida soat 08:00dan 12:20gacha Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun tashkil etiladigan 1 kunlik o‘quv-seminar o‘tkazildi. O‘quv-seminar tasdiqlangan dars jadvali asosida o‘tkazildi

  1. Aqida nima? Aqida masalalari. Allohning ism, sifatlari.
  2. Individual psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlashning yo‘nalishlari va usullari
  3. Ayollar orasida bid’at - xurofotlarning oldini olishda otinoyilarning o‘rni.

O‘quv seminarning birinchi mavzusi bo‘yicha: Mahallalarda ayollar orasida radikallashuvni oldini olish va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirish. Ma’ruzachi: Mardonov Xayrullo Maxmudovich – Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassassasi direktori.

Aqida (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirmasdan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan diniy talablar. 

Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi koʻrsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan.

Al-asmo al-Husno (arab. — goʻzal ismlar) — Allohning ismlari boʻlib, mazmunan uning sifatlari, fazilatlarini ifodalaydi. Qurʼonda Allohni shu ismlar bilan yodga olish buyuriladi: „Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, Uni oʻsha ismlar bilan chorlanglar (yod etinglar), Uning ismlarida haqdan ogʻib (nooʻrin joylarda ularni qoʻllaydigan mushrik) kimsalarni tark qilinglar“ („Aʼrof“ surasi, 180-oyat); „Alloh, deb chorlangiz, yoki Rahmon — Mehribon, deb chorlangiz. Qanday chorlasangizlarda (joizdir). Zero, U zotning goʻzal ismlari bordir“ („Al-isro“ surasi, 110-oyat). Bu ismlar — 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Soʻfiylar oʻz zikrlarida ham bu ismlarni kamolatga erishishning timsoli sifatida ishlatadilar. Allohni va uning ismlarini iloji boricha koʻproq eslab turish taqvodorlik namunasi hisoblanadi. Odatda tasbih donalari soni Alloh ismlari soni bilan tengdir. Al-A. al-H.dan duoxonlar tumorlar sifatida foydalanishadi. Musulmon ilohiy adabiyotida Alloh ismlarini talqin qiluvchi risolalar koʻp, ismlar roʻyxati duo toʻplamlaridan joy olgan. Nomlarning aksariyati Abdurahmon, Abdusamad („Allohning quli“) kabi eng keng tarqalgan ismlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.

O‘quv seminarning ikkinchi mavzusi bo‘yicha: Individual psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlashning yo‘nalishlari va usullariMa’ruzachi: Narbasheva Mehri Achilovna – Termiz davlat pedagogika instituti "psixologiya" kafedrasi mudiri, Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent: 

Oiladagi sog‘lom psixologik muhit mezonlari:

  1. Ota-ona psixologiyasi (otaning fe’l-atvori, onaning fe’l-atvori,temperamentlari, shaxs toifalari); 
  2. Oiladagi boshqa kishilar psixologiyasi (buvi-bobo, amaki-tog‘alar, amma-xolalar, aka-ukalar va boshq.); 
  3. Oiladagi o‘zaro munosabatlar (er-xotin, ota-ona va farzand, qaynona-kelin, ovsinlararo, jinslararo munosabatlar va boshq.);
  4. Oila turlari (nuklear, ko‘p pog‘onali, rasmiylashtirilgan, shar’iy nikoh, ajralishganlar, ikkinchi nikoh, befarzand, kam farzandli, serfarzand, ma’lumot darajasi bo‘yicha turlicha, yashash va ish faoliyati bo‘yicha turlicha, iqtisodiy ta’minlanganlik bo‘yicha turlicha, baynalminal, bir millatli, to‘liq, noto‘liq va boshq.);
  5. Oila a’zolarining saviyasi, dunyoqarash darajasi (ziyolilar, dindorlar, ma’lumoti yuqori, o‘rta, tugallanmaganlar);
  6. Oilaning yashash sharoiti (mahalla, hovli tipidagi, ko‘p qavatli uylarda yashaydiganlar va boshq.);
  7. Oilaviy bandlik (hunarmandlar, ishsizlar, tadbirkorlar, fermerlar, o‘qituvchilar, shifokorlar, haydovchi va boshq.).

 

Demak, individual psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlashda har bir ayolning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini inobatga olish lozim bo‘ladi

1) Ayolning yoshi (tengdoshingiz, sizdan juda kichik, sizdan katta )

2) Ayolning  temperamenti (xolerik, sangvinik, melanxolik, flegmatik )

3) Ayolning  xarakteri: insonlarga, qadriyatlarga, predmetlarga munosabatlari) 

4) Ayolning oilaviy staji (5 yilgacha, 10 yilgacha, 10 yildan ko‘p )

5) Ayolning  dunyoqarashi: (keng, tor, o‘rtacha )

6) Ayolning diniy e’tiqodi (yoki savodxonligi )

  • O‘quv seminarning uchunchi mavzusi bo‘yicha: Ta‘ziya marosimiga xos odoblar. Ma’ruzachi: Qosimova Xosiyat - O‘zbekiston musulmonlar idorasi Surxondaryo viloyati vakilligining xotin-qizlar bo‘yicha yordamchisi: - Bugungi kunimizda oilada, jamiyatda va ijtimoiy hayotda ayollarning faolligi yanada oshib bormoqda. Ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ularning o‘rni katta bo‘lmoqda.
  • Xotin-qizlar o‘rtasidagi yuzaga kelayotgan jinoyatchilikni oldini olish, turli xurofiy marosimlarga chek qo‘yishda, bundayin bid’at-u xurofotlarga qarshi islom ma’rifati ila javob berishda, xususan, otinoyilarning o‘rni muhim ekanini eslatish o‘rinlidir.
  • Jamiyatimizni yanada sog‘lom va obod bo‘lishligida, avvalo ayol, zotining o‘rni beqiyos ekanligini anglashimiz, bu o‘rinda Imom Buxoriy-yu buyuk sarkardalarni yetishtirgan shaxslar aslida munis va mushtipar onalar ekanini his qilib turibmiz.
  • Zamon jadallashib, rivojlanib turgan bir vaqtda tarbiyachi bo‘lgan onani yohud ayolni bir nuqtada qotib qolishi kelajakka xiyonat deb qabul qilishimiz ayni xaqiqat bo‘ladi. 
  • Ayol ko‘chadagi ishidan ham uyidagi ishiga ko‘proq e’tibor berishi kerak. Mahalalardagi turli marosimlarda otinoyilarimiz bugungi diniy adabiyotlardan keng foydalangan holda bid’at-xurofotlarni oldini olishda faollikni qo‘ldan bermasligi shart.
  • Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim hidoyatga chaqirsa, unga ergashuvchini savobidek ajr bo‘ladi. Bu bilan amal qilgan kishining savobidan biror narsa kamaymaydi. Kimki zalolatga chaqirsa, ergashuvchi kishining gunohidek unga gunoh yoziladi. Bu bilan amal qilgan kishining gunohidan biror narsa kamaymaydi”, dedilar.
  • Shu nuqtai nazardan qaraganda, har bir marosimning kelib chiqishi, asl mohiyatini tushuntirib bera oladigan bosh imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari, mahallalarda faoliyat olib borayotgan diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari hamda savodxon otinoyilar ayollar orasida keng tushuntirish ishlarini olib borishlari ijobiy natija ko‘rsatib, ularning diniy dunyoqarashining to‘g‘ri shakllanishi, hayotidagi turli bid’at-xurofotlar va isrofgarchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Izoh qoldirish

Izohlar