26.04.2023

Surxondaryo bosh imom-xatiblarning ayollar masalalari bo‘yicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun tashkil etiladigan 1-kunlik o‘quv seminar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xuzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyat mintaqaviy filiali bilan xamkorlikda Surxondaryo bosh  imom-xatiblarning ayollar masalalari bo‘yicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun tashkil etiladigan 1-kunlik o‘quv seminar.

 O‘zbekiston musulmonlar idorasining 2023 yil 18-apreldagi №1160-sonli xatiga asosan 
2023-yilning 25-aprel kuni dars jadvali asosida soat 08:30dan 12:50gacha Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun tashkil etiladigan 1 kunlik o‘quv-seminar o‘tkazildi. O‘quv-seminar tasdiqlangan dars jadvali asosida o‘tkazildi

  1. Mahallalarda ayollar orasida radikallashuvni oldini olish va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirish.
  2. To‘qima hadis aytishning hukmi. Fatvo berishga kim haqli?
  3. Ta‘ziya marosimiga xos odoblar.

O‘quv seminarning birinchi mavzusi bo‘yicha: Mahallalarda ayollar orasida radikallashuvni oldini olish va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirish. Ma’ruzachi: Mardonov Xayrullo Maxmudovich – Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassassasi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

EKSTREMIZM - “Ekstremizm” jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlarni ra etish, o‘z g‘oyalarini murosasizlik va mutaassiblik bilan targ'ib qilishni anglatadi.

TERRORIZM - “Terrorizm” esa muayyan siyosiy maqsadlarda, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish hamda aholining keng qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otish uchun zo‘ravonlik ishlatish yoki zo‘ravonlik ishlatish bilan qo‘rqitishga qaratilgan harakatlarni bildiradi. Terrorizm beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida qo‘llaniladi.

ISLOM ULAMOLARI - Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra zamonaviy ekstremistlar tomonidan ilgari surilayotgan “da’vatlar” (“jihod”, “hijrat”, “shahidlik”, “takfir”, “xalifalik” va “mazhabsizlik”) turli yo’l usul va ijtimoiy psixologik omillarga jiddiy e’tibor bergan holda yillar davomida aniq reja bilan tizimli ishlab chiqilganini ko’rsatadi.

O‘quv seminarning ikkinchi mavzusi bo‘yicha: To‘qima hadis aytishning hukmi. Fatvo berishga kim haqli?. Ma’ruzachi: Xushbaqov Yusuf– Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassassasi o‘qituvchisi: - Uydirma hadislar va ularning paydo bo‘lish sabablari: Bugungi kunda yana bir afsusli holatlardan biri uydirma (mavzu’) hadislarni sahih hadislar bilan adashtirib yuborilayotgani va xalqqa sahih hadis kabi taqdim qilinayotganidir.

Mavzu hadisning ilmiy ta’rifi bunday: Hazrati Payrambarga, sollallohu alayhi va sallam, oid bo‘lmagan va u zotnnig nomlaridan uydirilgan so‘zlarga “mavzu’ hadis” deyiladi. Uydirma hadislarning dastlab yuzaga chiqish tarixi haqida ulamolar turlicha fikr bildirishgan bo‘lsalarda, aksariyat olimlar Hazrati Usmon, roziyallohu anhu, shahid etilganlaridan so‘ng paydo bo‘la boshlagan, degan fikrni olg‘a suradilar. Ilk hadis uydirganlar orasida shia, murjia, qadariya, jahmiya, mushabbiha va xorijiya kabi siyosiy hamda e’tiqodiy firqalarning ta’siri katta bo‘lgani bildiriladi.

O‘quv seminarning uchunchi mavzusi bo‘yicha: Ta‘ziya marosimiga xos odoblar. Ma’ruzachi: Qosimova Xosiyat - O‘zbekiston musulmonlar idorasi Surxondaryo viloyati vakilligining xotin-qizlar bo‘yicha yordamchisi: - Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummatlari oldingi sobiq ummatlardan ko‘ra, eng xayrli ummatlardir. Qur’oni karimda Alloh taolo biz—ummati muhammadiyaning amri-ma’ruf, nahiy-munkar qiluvchilik xususiyatlarimizni alohida zikr qilib maqtagan. Shuningdek, muqaddas Islom dini oldingi dinlar ichida eng mo‘tadil me’yoriy din bo‘lib, uning ahkomlari ifrot va tafritdan holi o‘rtamiyona ahkomlardir! 

Islom shariatining har bir aqida va amaliyotida muayyan me’yori bo‘lib, musulmonlar amal va e’tiqodda o‘sha me’yor bo‘yicha ish tutishlari lozim. Haddan oshib ifrot yo‘lini tutganlar, yoki me’yordan  kamaytirib tafritga tushib qolganlar esa, shariatni toptab, sunnatni kemirib, musulmonlarni diniy inqiroz domiga tortadilar. Insoniyat hayotining har bir jabhasida o‘zining muayyan tartib-qoidalarini joriy qilgan Islom shariati mayyitlarga bog‘liq hukmlarni ham batafsil bayon qilgan. Albatta, bunda ham boshqalari kabi mo‘tadil me’yoriy tizim ochiq-ravshan belgilangab qo‘yilgan. Qaysiki musulmon vafot etar ekan albatta, uning shariatda alohida hurmati bor. Mayyit egalari yaqini o‘lganidan shod-hurram bo‘lmasliklari kerak, balki uni so‘nggi yo‘lga kuzatishda afsus va mahzunlik bilan, jasadni yuvib, toza matolar bilan kafanlab, xushbo‘y narsalar sepib, qabristonga yelkada ko‘tarib borib dafn etish va dafn marosimlarini shariatga muvofiq tarzda bajarishlari lozim bo‘ladi. Shu jarayonda haddan oshib, shariatda yo‘q odatlarni paydo qilsa, riyo, shuhratparaslik, isrof kabi harom sanalgan illatlarni dafn marosimlariga aralashtirsa, yoki tafrit yo‘li bilan shariatda bor amallarni yo‘qqa chiqarsa, mayyitni kafanlash, jasadni yuvish, uning vasiyatlarini amalga oshirish kabi ishlarni tashlab qo‘ysa, demak u shar’iy me’yorni buzgan, ummatni diniy tanazzuliga hissa qo‘shgan xurofotchi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, shariatimizda mayyit ortidan qilinadigan barcha diniy rasm-rusumlarning shar’iy tartib-qoidalarini bilish muhim ahamiyat kasb qiladi.

Izoh qoldirish