06.04.2023

Jaholatga qarshi – ma’rifat

O‘z XIA huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filialistajor o‘qituvchisi A.Jo‘rayev 2023 yil 5 aprel kuni Sariosiyo tumani 3-sonli umum ta’lim maktabi bitiruvchilari va ularning 
ota-onalari bilan “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. 

 

Tadbirda Viloyat hokimligi, Viloyat terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi va DXX xodimlari, ta’lim muassasaning pedagog - o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirok etdi.  

Tadbir davomida A.Jo‘rayev ta’lim muassasasi o‘quvchilariga “Hozirgi kunda har qanday jamiyatda, har qanday sharoitda jaholatga qarshi kurashning asosiy vositasi kitobxonlik ekanligi, zero, ma’rifatga intilish–yuksak ma’naviyatga erishmoqqa poydevorligini” alohida ta’kidlab o‘tdi.     

Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Izoh qoldirish