06.04.2023

“Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha” davra suxbati

O‘z XIA huzuridagi Malaka oshirish markazi Surhondaryo viloyati mintaqaviy filiali “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi mudiri dotsent U.Mustafayev 2023 yil 4 aprel kuni Termiz shahridagi 7-maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari bilan “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha” davra suxbati o‘tkazdi. Quyida davra suhbatidan foto lavhalar taqdim etilmoqda.

 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “mahallabay” ishlash tizimining joriy etilishi yurtimizda aholi farovonligini yuksaltirish, bandligini ta’minlash hamda daromadini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Qolaversa, ushbu tizim doirasida aholining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mahallalardagi ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, shuningdek, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etishda mahalla faollari, ayniqsa, nuroniylarimiz alohida o‘rin tutadi.

 

   
  
   
 

 

Izoh qoldirish