22.02.2023

Termiz arxeologik muzeyi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik  imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 6-davra tinglovchilari 2023 yil 22-fevral kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi
“Termiz arxeologik muzeyiga sayohat uyushtirildi.

2002 yilda Termizning 2500 yilligi sharafiga tashkil qilingan Termiz arxeologik muzeyi mamlakatning asosiy muzeylaridan biri hisoblanadi. 10 ta xonada taqdim etilgan muzey ekspozitsiyasi butun Markaziy Osiyodagi eng boy ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan ortiq arxeologik topilmalar va qadimiy buyumlar to‘plangan.

Mahalliy kutubxonada 17 mingdan ortiq kitob, shu jumladan ko‘p tillarda yozilgan qadimiy asarlar to‘plangan.

Muzeyda tosh hovuz, haykallar, kulolchilik buyumlari kabi sopol idishlar hamda mintaqa tarixidagi turli davrlarga oid 20 ta arxeologik yodgorliklarni, noyob buyumlarni ko‘rish mumkin.

Muzeyning asosiy zallariga tashrif buyurib, Kushon imperiyasining tarixi, Ellinlar madaniyati, Qadimgi Baqtriya, tosh va bronza asrlari, Shimoliy Toxariston madaniyati va boshqa ko‘p narsalar haqida maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Shuningdek, bu yerda qadimiy buyumlarni tiklash ustaxonasi ham mavjud.

Boysun, Jarqutan va Surxondaryo vohasining qadimiy obidalarida olib borilgan arxeologik ekspeditsiyalar tufayli har yili muzey fondiga yangi topilmalar qo‘shilmoqda.

Termiz Arxeologiya muzeyi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharofati va O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov shaxsan tashabbusi va loyihasi bilan 2002 yil 2 aprel Termiz shahrining 2500 yillik tantanalari arafasida bunyod etilgan ma’naviyat maskanidir. 

Bugungi kunda muzey fondlari 111.000 dan ortiq eksponatni o’z ichiga olib, shulardan, 1.806dan ziyod eksponatlar ko’rgazma zallarida namoyish etilgan. Ushbu nodir eksponatlar eramizdan avvalgi 100 ming yillikdan XX asrga qadar bo’lgan voha tarixiy jarayonlari va yuksak madaniyatini aks ettiradi.  

 

Izoh qoldirish

Izohlar