15.02.2023

“Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi

 

Sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Andijonda tugʻilgan. U adabiyotshunos olim, shoh va shoir sifatida munosib oʻrin egallagan davlat arboblaridan biridir.

 Bobur davlat boshqaruvi bilan bir qatorda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda ham koʻplab ishlarni amalga oshirganligi tarixdan maʼlum. Xususan, oʻz asarlarida ham iqtisodiyotga oid maʻlumotlar, jumladan, soliq va soliq siyosati masalalariga alohida toʻxtalib oʻtgan.

 Jahonga mashhur “Boburnoma” asari ham bunga misol boʻla oladi. Unda Movarounnahr, Xuroson, Hindiston xalqlari tarixi, urf-odat va anʼanalari, tarixiy shaxslari, mamlakat iqtisodiy masalalarini aks ettirgan.

 Qayd etish joizki, garchi Boburning davlat boshqaruvi va iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar boʻlmasa ham, ilmiy asoslarga koʻra, u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat hayotidagi oʻrni va ahamiyatini chuqur tushunganini anglash qiyin emas.

 Bobur 1530-yilning 26-dekabrida Hindistonning Agra shahrida oʻzi bunyod etgan goʻzal maskan – Zarafshon chorbogʻida vafot etdi.

 Ulug‘ bobokalonimiz Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o‘rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini amaliyotga tatbiq etish foydadan xoli emas.

 Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, adolatli shoh va buyuk shoir Bobur oʻzining maʼlum va mashhur asarlari bilan, qolaversa, ijtimoiy masalalar yechimiga oʻz hissasini qoʻshgan olim sifatida tarixda oʻchmas iz qoldirdi.

14-fevral kuni  Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan  mintaqaviy filialning tarix fanlari nomzodi, docent B.Turganov  " Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi " mavzusida tinglovchilar bilan suhbatini utkazdilar.

Izoh qoldirish

Izohlar