14.02.2023

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 
6-davra tinglovchilariga 14-fevral kuni mintaqaviy filali 
kafedra mudiri: f.f.n., dotsent. v.b.U.Mustafayev hamda Termiz Davlat universiteti Yuridik fakukteti Fuqorolik jamiyati kafedrasi katta o’qituvchisi Davlatova Shoiralar Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining
540 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

 

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida tug‘ilgan. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili. Buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzodalardan hisoblanadi

Jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanadi. Bu borada O‘zbekiston Prezidentining qaror qabul qilindi.

Ushbu hujjatda yubiley doirasida mamlakatimizdagi Bobur nomi bilan bog‘liq obida va qadamjolarni ta’mirlash, shoir merosiga mansub qo‘lyozma, qadimiy kitoblar, san’at asarlari va boshqa madaniy boyliklarni restavratsiya qilish, ularni ishonchli darajada saqlash uchun zarur sharoit yaratish, xorijda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularning nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish hamda tadqiq qilish vazifalari belgilangan.

Qayd etilishicha, o‘zbek, rus va ingliz tillarida “Bobur ensiklopediyasi”ning to‘ldirilgan uchinchi nashri yaratiladi, “Bobur” kitob-albomi, Bobur asarlari lug‘ati, shoir devonining mukammal nashri chop etiladi. “Boburnoma” asarining zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq tillariga tabdili yaratiladi.

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) qoldirgan bebaho ilmiy-ijodiy meros nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘ringa ega.

Yangi jamiyat barpo etishda, eng avvalo, ma’naviy qadriyatlarni to‘g‘ri baholay olish lozim. Biror-bir qadriyatga baho berilar ekan, uning mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va axloqiy asoslarini mustahkamlashga qay darajada hissa qo‘shishi, xalqimizning umumjahon ijtimoiy taraqqiyotining faol subyektiga aylanishiga xizmat qilishi bosh mezon bo‘lishi kerak.

 

Izoh qoldirish

Izohlar