13.02.2023

“ Alisher Navoiy va XXI asr ” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

Alisher Navoiy va XXI asr ” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

Alisher Navoiy milodiy 1441-yilning 9-fevral, hijriy 844-yilning 14-ramazon kunida tavallud topgani qayd etilgan. U o‘sha paytdagi Temuriylar davlatining poytaxti va ilmiy markazi Hirotda uyg‘ur oilasida tug‘ilgan. 11 yoshida Sabzavorda Husayn Boyqaro bilan tanishadi va bu tanishuv uning hayotida muhim rol o‘ynaydi. 16 yoshda Mashhadga borib o‘qiydi. Otasi G‘iyosiddin Kichkina Bahodir vafotidan keyin Samarqandga keladi va ikki yil Abu Lays Samarqandiydan dars oladi. 28 yoshda Hirotga qaytgan Navoiy sulton Husayn Boyqaro xizmatiga kiradi va muhrdor lavozimiga tayinlanadi. 31 yoshda devonbegi lavozimiga tayinlangan Navoiy 37 yoshda Abdurahmon Jomiy tavsiyasi bilan Naqshbandiya tariqatiga kiradi. Hijriy 906-yil, milodiy 1500-1501-yillarda Hirotda vafot etadi. Qabri bugungi Afg‘onistonning Hirot shahridadir.

Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g'azallar bitgan. Uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq. 51230 misradan tashkil topgan. "Xamsa” esa shoirning shoh asaridir. "Xazoyin ul-maoniy” (Ma'nolar xazinasi) devoni qariyib 45 ming misradan iborat. Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo'lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag'ishlagan. Bobokalonimiz faqat Hirotda emas, Xurosonning barcha viloyatlarida ham ko'plab xayriya uylari, ko'prik va rabotlar, hovuzlar barpo ettirgani tarixdan bizga ma'lum. Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o'z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san'at ahlining moddiy va ma'naviy ko'makchisi, san'at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo'lgan.

9-fevral kuni  buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan  mintaqaviy filialning tarix fanlari nomzodi, docent B.Turganov  "Alisher Navoiy va XXI asr" mavzusida tinglovchilar bilan suhbat utkazdilar.

 

 

 

Izoh qoldirish