11.02.2023

Sulton Saodat

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik
 imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 5-davra 1-gurux tinglovchilari 2023 yil
10-fevral kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Sulton Saodat meʼmoriy majmuiga sayohat uyushtirildi.

 

Surxondaryo boy madaniyat va ma’rifat o’chog’i sifatida tanilgan. Vohada ko’plab aziz-avliyolar, ulamo va fuzalolar mangu qo’nim topgan Termiz shahrining shimoli-sharqiy qismida Sulton Saodat (Sayyidlar sultoni) nomi bilan mashhur me’moriy yodgorlik majmuasi mavjud.  

Sulton Saodat majmui — Termizdagi meʼmoriy yodgorlik (1017-asrlar). Termizning sharqida joylashgan bu ziyoratgoh 7 asr davomida shakllangan. 20 ga yaqin maqbarani oʻz ichiga olgan. Unda Sayyidlar sulolasining maqbaralari joylashgan. Dastlab shu atrofdagi yerlar egasi, paygʻambarimiz avlodlaridan boʻlmish Hasan al Amir (9-asr 2-yarmida vafot etgan) va boshqa bir manbada Amir Sayyid Ali Akbar[1][2][3][4][5][6] maqbarasi bunyod etilgan. Xalq orasida S.Sm. nomi bilan mashhur boʻlgan maqbaralar 10-asrda, qolganlari, asosan, 15—17-asrlarda yonmayon qurilib, uzun hovlining 2 tomonini egallagan. Makbaralar peshtoq va gumbazli chorsi xonalar (9×9,05 m va 10,15×10,25 m) dan iborat. Hovlining toʻridagi peshtoq va ikki qanotidagi gumbazli maqbaralar bir xil tarxda, janubidagi maqbara zinalar gʻisobiga kichikroq koʻrinadi. Shim.gʻarbidagi maqbaraning qurilma va bezaklari oddiy gʻisht (27×27×5 sm) dan juftjuft qilib terilib, mavjli bezak hosil qilingan. Ichki xona devorlariga gʻishtdan hoshiyali boʻrtma ravoqlar ishlangan. Jan.gʻarbdagi maqbara shim.gʻarbdagidan bir oz kichik, koʻrinishi oddiy, ganch suvokli. Mazkur 2 maqbara orasidagi peshtokli supa toʻriga mehrob joylashgan. Sirkor koshinlar binoga alohida husn bagʻishlagan. 15 —17-asrlarda qurilgan maqbaralarda oʻsha davrga xos yulduzsimon girih naqshlar, ganchkori bezaklar keng qoʻllanilgan. Majmua mustaqillikdan keyin taʼmirlanibziyoratgohga aylantirilgan. 

Sulton Saodat еrmiz sayyidlarining daxma makbarasi sifatida mashxurdir. Bu oilaviy majmua asrlar davomida tashkil topgan butun boshli mukammal bir inshootdir. Majmuaning eng qadimgi qismi uning janubi-g'arbidagi qurilgan baland gumbazli ayvon pеshtoqi ostidagi go'rlar bilan to'la ikki maqbaradir.

Ulardan birinchisining ichki o'lchami 10X10 m, ikkinchisiniki 9X9 m bo'lib, ikkovini birlashtiruvchi gumbaz ostidagi kеng maydon masjid xizmatini bajargan. Unda shakli turli-tuman uyma g'ishtlar juda moxirona va turli uslubda tеrilgan. Birinchi maqbarada IX asrning ikkinchi yarmida vafot etgan shu atrofdagi yеrlarning egasi, obruli oila boshligi, Muxammad payg'ambarning avlodidan xisoblangan Xasan al-Amir ismli sayyidning xoki yotibdi. Bu zal xar xil shakldagi gishtlar bilan turli-tuman uslubda tеrilgan. 

Ikkinchi zal jixozi birmuncha oddiy, har ikkala makbara eshigi kungurador ayvonli bo'lib, hovliga qaratib qurilgan, bu uslub ansamblning kеyinchalik rivojlanishida rеja sifatida xizmat qiladi. Tugallangan Sulton Saodat majmuasi kеlishgan ayvonli, yirik gumbazli bosh maqbara (Xasan al-Amir maqbarasi) atrofida guruxlangan imoratlardan iboratdir. Sulton Saodat qariyb yеtti asr (X-XVII) davomida shakllandi, u yegirmaga yaqin maqbarani uz ichiga oladi. XIV-XV asrlarda Sulton Saodat majmuasida ham yangi maqbaralar qurilgan.

 

Izoh qoldirish

Izohlar