03.02.2023

SOG’LOM TURMUSH TARZIGA E’TIBOR

O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HUZURIDAGI MALAKA OSHIRISH MARKAZI SAMARQAND VILOYATI MINTAQAVIY FILIALI 5-DAVRA TINGLOVCHILARI VA FILIAL PROFESSOR-O`QITUVCHILARI ISHTIROKIDA 2023 YIL 3-FEVRAL KUNI TUSHDAN KEYINGI TADBIRLAR REJASIGA ASOSAN  O’TKAZILGAN “SOG’LOM TURMUSH TARZIGA E’TIBOR” MAVZUSIDAGI MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR  TO`G`RISIDA

MA`LUMOT. 

 

O‘bekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida oʼquv jarayonini takomillashtirish va tinglovchilarning darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli xil  ma’naviy-ma’rifiy tadbirarni o’tkazish yoʼlga qoʼyilgan.

Xususan, 2023 yil 3-fevral kuni Hadis ilmi maktabida joylashgan kompleks sport majuasida “Sog’lom turmush tarziga e’tibor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir  boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o`qituvchilari bilan qiziqarli sport  mashg’ulotlari tashkil etildi. 

 

Reja bo’yicha Samarqand viloyati mintaqaviy filialida malaka oshirayotgan tinglovchilarni darsdan keyingi bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish ishlari davom etmoqda. 

Izoh qoldirish