HADIS KITOBLARINING YOZILISH TARTIBI
OʼZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HUZURIDAGI MALAKA OSHIRISH MARKAZI SAMARQAND VILOYATI MINTAQAVIY FILIALI TINGLOVCHILARI HAMDA PROFESSOR-O`QITUVCHILARI ISHTIROKIDA 2023 YIL 2-FEVRAL KUNI HADIS ILMI MAKTABI USTOZI SHAYX MAXMUD HASAN HAZRATLARI BILAN “HADIS KITOBLARINING YOZILISH TARTIBI” MAVZUSIDA BO`LIB O`TGAN DAVRA SUHBATI TO`G`RISIDA
MA`LUMOT.
Malaka oshirish oʼquv jarayonini takomillashtirish boʼyicha tayyorlangan takliflar va ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tinglovchilar bilan koʼchma mashgʼulotlar, yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, Imom Buxoriy xalkaro ilmiy-tadkikot markazi va Xadis ilmi maktabining axborot resurs markazidan foydalanishlar yoʼlga qoʼyilgan bo’lib, bu borada Hadis ilmi maktabi bilan hamkorlikda muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.
Xususan, 2023 yil 2-fevral kuni Hadis ilmi maktabida “Hadis kitoblarining yozilish tartibi” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Unda hadis ilmi oliy maktabining oʼqituvchilari – shayx Maxmud Hasan hazratlari va Mahmudjon domla Аbdurahmonovlar Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o`qituvchilari bilan qiziqarli davra suhbati olib borildi. Unda Shayx Maxmud Hasan hazratlari “Hadis kitoblarining yozilish tartibi” mavzusi bo`yicha qiziqarli ma`ruza qildilar.
O`tkazilgan davra suhbati davomida tinglovchilar davra suhbatini katta qiziqish bilan tingladilar. Tinglovchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va batafsil javoblar oldilar. Davra suhbati so`ngida tinglovchilar Shayx Maxmud Hasan hazratlari bilan esdalik uchun sur`atga tushdilar.
Izoh qoldirish