O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI
O‘ZBEKICTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HUZURIDAGI MALAKA OSHIRISH MARKAZINING
SAMARQAND VILOYATI MINTAQAVIY FILIALI
TOMONIDAN 2023 YIL 30-YANVAR KUNI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM KARIMOV TAVALLUDINING 85 YILLIGI MUNOSABATI BILAN O’TKAZILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TO‘G‘RISIDA
MA’LUMOT
Bugungi kunda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan ma’naviy-marifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Huddi shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida ham tashkil etildi.
Tadbirni mintaqaviy filial direktori J.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Ya’ni Islom Abdug‘anievich Karimov o‘zining Prezident sifatidagi butun hayoti va faoliyatining yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish, mustaqilligimizni mustahkamlash, o‘zbek nomini, O‘zbekiston nomini butun dunyoga tarannum etishdek ulug‘ maqsadga bag‘ishlagani va mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar zamirida Birinchi Prezidentimizning ulkan xizmatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Dastur bo‘yicha tadbir davom etdi va tadbir davomida filialning “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi stajyor-o’qituvchisi T.Evadullayev O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.
Xususan, Islom Abdug‘aniyevich Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, dunyoda “O‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo‘lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o‘chmas va yorqin iz qoldirdi. Odamlarning tafakkurini o‘zgartirish, ularning ongida yangi milliy g‘oya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash ishiga rahnamolik qildi. Yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni, millatlar va fuqarolar o‘rtasida totuvlik va hamjihatlikni qaror toptirish, uni saqlash hamda mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shganlini ta’kidlab o‘tdi.
Dastur bo‘yicha tadbir davom etdi va tadbir davomida filialning “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri X.Djurakulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2744-son Qarori mazmun-mohiyatini tadbir ishtirokchilariga keng tushuntirib o’tdi.
Islom Karimovning serqirra faoliyati, O‘zbekiston Respublikasini mustaqil va demokratik davlatga aylantirishdagi buyuk tarixiy xizmatlari, mamlakatimizda ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirishda amalga oshirgan beqiyos ishlari samaralariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Ularda buyuk davlat arbobi rahnamoligida mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib davomchilari bo‘lgan barkamol avlodni voyaga etkazishga alohida e’tibor qaratilgani so‘zga chiqqanlar tomonidan ta’kidlab o‘tildi.
Tadbirda davomida Islom Karimov haqida xujjatli film nomoyish etildi bu esa Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi hamda yig‘ilganlarda katta taasurotlar qoldirdi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, o‘zbek xalqining buyuk farzandi Islom Abdug‘anievich Karimovning so‘nmas xotirasi barcha yurtdoshlarimiz va xalqimizning qalbida abadiy saqlanib qoladi.
Islom Karimovning serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi va tadbir so‘ngida imom-xatiblar tomonidan Qur’oni karimdan tilovat qilindi.
Izoh qoldirish