Qoraqalpog'iston Respublikasi I. V. Savickiy nomidagi davlat san’at muzeyiga sayohat
Qoraqalpog'iston Respublikasi I. V. Savickiy nomidagi davlat san’at muzeyiga sayohat
Muzey 1966 yili rassom Oʼzbekistonga xizmat koʼrsatgan sanʼat arbobi, Qoraqalpogʼiston xalq rassomi, "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sovrindori I.V.Saviсkiy tashabbusi bilan ochilgan.
I.V.Savitskiy 1915 yil Kiev shahrida tugʼilgan, 1984 yil Moskva shahrida kasalxonada vafot etadi, o’zining vasiyatiga koʼra Nukus shahriga dafn etilgan. Uning vafotidan so’ng muzeyga uning ismi berilgan. 1942 yili o’zi oʼqigan institut bilan Samarqand shahriga evakuatsiyaga kelganida ilk bor Oʼzbekistonga tashrif buyurgan I.V.Saviсkiy 1950 yili Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyaning doimiy rassomi sifatida taklif etilganidan keyin bir umr Nukusda qolib ketadi. I.V.Saviсkiy Qoraqalpogʼistonda rassomchilik sanʼatining asoschilarining biri.
Muzey 2011 yili "Sayyoxlar eʼtiborini qozongan muzey" diplomiga ega boʼlgan, 2016 yili esa Oʼzbekistonning 7 muʼjizasidan biri sifatida tan olindi.
Muzey davlatimizning yirik baʼdiy markazlaridan biri. Muzey koʼrgazmalari 3 boʼlimdan iborat: Qoraqalpogʼistonning qadimiy davri (Qadim Xorazm, Kardar madaniyati) sanʼati, xalq amaliy sanʼati va tasviriy sanʼat boʼlimlari. Muzeyda jami 100 mingga yaqin ashyolar saqlanadi, shulardan 2500 mingga yaqini koʼrgazmaga qoʼyilgan. Xronologik jihatdan ashyolar bronza davridan to zamonaviy sanʼat asarlarini oʼz ichiga oladi. Muzeyning eng mashhur ashyolari qatoriga 1920-1930 yillar "Аvangard" deb nomlangan oʼzbek va rus rassomlarining asarlari kiradi.
Oʼzbekiston hukumati, hususan davlatimiz birinchi Prezidenti I.А.Karimov qoʼllab quvvatlashi natijasida 2003 yili muzeyning birinchi yangi binosi qurib bitkazildi va ochilish marosimida muzeyning birinchi mehmoni sifatida muzeyning tashrif kitobiga oʼz dastxatini qoldirganlar.
Muzeyda rassomning hayotiga, ijodiga bagʼishlangan ashyolar va asarlar oʼrin olgan. Bu qavatda Oʼzbekistonning 1920-1930 yillardagi tasviriy sanʼat asarlari, realizm yoʼnalishi va boshqa rassomlar asarlari oʼrin olgan. Muzeyimiz fondida saqlanayotgan jahon sanʼati asarlari, shuningdek jahon durdonalari nusxalari ham koʼrgazmaga qoʼyilgan.
Muzey kollektsiyasining faqatgina 2,5% eksponatlari muzey ekspozitsiya zallarida namoyishda bo’lishiga qaramastan, muzey fondida saqlanib kelayotgan eksponatlar bilan muzeyga tashrif buyuruvchilar bilan tanishtirish maqsadida har yili muzey maʼmuriyati tarafidan 20 dan oshqin ko’rgazmalar tashkillashtiriladi. Faqatgina muzeyda emas balkim ko’chmali ko’rgazmalar muzey kollektsiyasin keng jamoatchilikka tanishtirishda ahamiyati juda katta.
2017-yil aprel–may oylarida bo’lib o’tgan “Nukus gʼazinalari” ko’rgazmasidan keyin Rossiya mamlakatidan tashrif buyuruvchilar soni ortti. Bu koʼrgazma hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federatsiyasiga ilk marotaba rasmiy tashrifi doirasida boʼlib oʼtdi. Bu koʼrgazma Moskva shahrining А.S.Pushkin nomidagi davlat sanʼat muzeyida boʼlib oʼtdi. Koʼrgazmada 233 eksponat qatnashdi, shu qatorda 196 tasviriy sanʼat asarlari, 24 qoraqalpoq amaliy sanʼat asarlari va 13 arxeologiya boʼlimi eksponatlari koʼrgazmaga qoʼyildi. O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali hodimlari bilan birgalikda malaka oshirishga kelgan tinglovchi imom-xatiblar va noib imomlar 2023-jıl 03-fevral kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi I.V.Savickiy nomidagi davlat san’at muzeyiga tashrif buyurib ekspoziciya zallarida joylashgan muzeyning bebaho eksponatlarini tomosha qildilar va ularga muzey eksponatları haqida keng tushincha berildi. Tinglovchilar bu eksponatlar haqida tushunchaga ega bo'lib, keng ma’lumotlar oldilar.
Izoh qoldirish