02.02.2023

“Fayoztepa” nomidagi buddaviylik ibodatxonasiga sayohat

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik  imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 5-davra tinglovchilari 2023 yil 2-fevral kuni tushdan keyingi tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Fayoztepa nomidagi buddaviylik ibodatxonasiga sayohat uyushtirildi.

Fayoztepa- mil. 1-3-a.larga oid budda monastir ibodatxona majmuasi (vixara). Termiz sh. yaqinidagi Eski Termiz shahar xarobalarining shim.g‘arbida. Horatepalan 1 km shim.sharqda joylashgan. Fayoztepaning ochilishi 1968 y. bahorida cho‘pon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohak toshidan ishlangan budda sanamini Ko'chma qum ustidan topib, Termiz o‘lkashunoslik muzeyiga topshirishidan boshlandi. Yodgorlik 1968-76 y.larda arxeolog L. I. Albaum tomonidan o‘rganildi.

Fayoztepa maydoni ko‘chma qumlar uyumidan tozalangach, uning me'moriy tarhi ochilib, yuz qismdan iborat monumental inshoot, ya'ni markaziy qismida - ibodatxona, uning shim.g‘arbida monastir, jan.sharqida esa xo‘jalik qurilish inshootlaridan iboratligi aniqlangan.

Majmuaning umumiy mayd. 1,5 ming kv. m ga yaqin. Ibodatxona tarkibining asosiy qismlaridan biri- supa bo‘lib, u boshqa ibodatxonalardan farqli o'laroq, ibodatxona hovlisining markazida emas, balki uning tashqarisida, muqaddas sajdagoh bilan bir parallel chiziqda joylashgan. Ular o'zaro hovli maydonini kesib o'tgan g‘isht va mergeliy toshi to'shalgan yo‘lakcha bilan bog‘langan. Ibodatxonaning muqaddas sajdagohida Budda haykali (Bodxisatva) joylashgan, sajdagoh devorlari rang-barang devoriy suratlar bilan bezatilgan. Devorlar osti bo‘ylab o‘z vaqtida budda haykallari (bal. 4 m) qo'yilgan. Ko'pchilik haykallar qizil rang bilan bo‘yalgan, so‘ng ustidan oltin suvi yurgizilgan. Sajdagoh jan. Devorida qizil kiyimda Budda tasviri saqlangan. Uning 2 tomonidan yelkalariga yelkapo‘sh tashlagan uzun kiyimdagi 2 odam rasmi tushirilgan. Ulardan biri Buddaga qarab sajda qilmoqda. Sajdagohning sharqiy devorida ham qandaydir devoriy rasmlar izi ko‘rinadi. Xonadagi suvoq parchalarida har xil odamlarning rasmlari uchraydi..

Ibodatxonaning markaziy qismida hovli bo‘lgan. U binoga nafislik va betakrorlik bag‘ishlagan, chunki hovli devorlari ustunlar va bo‘rtma rasmlar bilan to‘ldirilgan edi. Hovli o‘rtasida uchlik tamg‘asi topilgan bo‘lib, unda muqaddas bodxa daraxti ostida tinch va ruhiy uyg‘unlikda o‘tirgan Budda tasvirlangan. Butun kompozitsiya ilohiylik, tinchlik va osoyishtalikning timsoliga aylangan. Topilgan uchlik tamg‘asi eng qimmatbaho topilma bo‘lib, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyida saqlanadi, uning nusxasini esa Termiz arxeologik muzeyida ko‘rish mumkin.

 Hozirgi kunda bu hudud diqqat bilan o‘rganilib, restavratsiya qilib kelinmoqda.

 

 

 

 

Izoh qoldirish

Izohlar