26.01.2023

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyot tarixi davlat muzeyiga tashrifi

Qoraqalpoq xalqining buyuk donishmand shoyri Berdaq G’arg’abay ulining   170 yillik yubeleyin yuqori darajada o’tkazish maqsadida 1998-yil 20-mayda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 220-sonli qaroriga muvofiq Nukus shahrida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti yonidan Berdaq milliy muzeyi tashkillashtirildi. Muzey 2002-yil 1-martda o’z ishini boshladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli qarori va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021-yil   15-apreldagi 122-sonli qarorlariga muvofiq Berdaq milliy muzeyi, Berdaq  nomidagi Qoraqalpoq adabiyot tarixi davlat muzeyi  nomi bilan qayta tashkillashtirildi.Bu muzeyda qoraqalpoq xalqining buyuk donishmand shoyri va adibi Berdaqning boy tarixiy ijodi va davrini o’rganish, keng targ’ib qilish, shuningdek, o’g’zaki xalq ijodiyoti, erta davrdagi qoraqalpoq adabiyoti, qulyozmalar tarixi va Berdaqning keyingi davr adabiyotini o’rganish, yoshlar o’rtasida adabiy muhitni yanada keng rivojlantirish uchun xizmat etib kelmoqda. Bu erda xalqimizning uzoq asrlar davomida saqlap kelgan arab, forsi, turk va eski qoraqalpoq tillarida yozilgan qol yozmalar, tosh boshpa kitoblar madrasalarda o’qitilgan kitoblar, Berdaq yashagan davriga tegishli qoraqalpoq xalqining o’tmi  shi, buyimlari bor bo’lib, hozirgi kunda 5300 dan ko’proq eksponantlar to’plangan.

Shuningdek XIX-asrga tegishli qol yozma nusqasi, musulmonlarning eng muqaddas kitobi Kalamulla ya’niy Ollohning so’zi, Qur’on mushafining qo’ldan ko’chirilgan bir necha to’liq saqlangan nusqalari muzeyda saqlanip tur. O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali hodimlari bilan birgalikda  malaka oshirishga kelgan tinglovchi imom-xatiblar va noib imomlar 2023-jıl 25-yanvar kuni Berdaq  nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib bobomiz yashagan davri, uning  o’qigan kitoblari, uning o’zi kiygan choponi, shu zamondagi kiyinish, tutunuv buyimlari bilan, shuningdek Berdaqning  asarlari asosida ishlangan rassomlar bilan tanishdilar.

Izoh qoldirish

Izohlar