20.01.2023

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Yurtimizda Vatan himoyasi kabi ulugʼvor ishga oʼzini bagʼishlagan harbiylarimiz katta hurmat va eʼzoz bilan qadrlanib, har yili “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan oʼtkaziladi. Bu kabi eʼtibor va eʼtirof masʼuliyatli kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholanishini namoyon etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat va albatta sadoqat bagʼishlaydi. Maʼlumki, 1993 yil 29 dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb eʼlon qilindi.


Аlbatta, Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch hisoblanadi. Bu burchni ado etishda yurtimizning himoyachilari boʼlgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan halqimizning tinch va osoyishta hayotini taʼminlashda olib borayotgan xizmatini munosib baholash hamda ularga zarur shart-sharoit yaratish masalalari ham davlatimiz siyosatining muhim yoʼnalishlaridan hisoblanadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Аrmiya va xalq – bir tanu bir jon!” degan olijanob gʼoya va amaliy harakat barcha boʼgʼindagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, taʼlim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda. Bu esa Vatan himoyasi chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimizga aylanib borayotganidan yaqqol dalolat beradi” deb aytgan gaplarida ham Qurolli Kuchlarimizning xalq bilan har qachongidan ham yaqinligini anglashimiz mumkin.
13-yanvar kuni, 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filialning tarix fanlari nomzodi B.Turganov “Vatan ulug’-burchim muqaddas!” mavzusida tunclovchilar bilan suhbat utkazdilar. 


Suhbat vaqtida bugungi kunda dunyoning turli joylarida keskin tus olayotgan vaziyatda, xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavf-xatarlari barchamizni ogoh boʼlishga chaqiradi va Qurolli kuchlarimizdan esa yuqori darajadagi jangovar qobiliyatni mustahkamlashni talab etadi. Soʼnggi yillarda davlatimizda harbiy-siyosiy masalalarda ham tubdan islohotlar amalga oshirilib, milliy armiyamiz har qanday tahdidlarga munosib zarba beradigan jangovor qudrati yildan yilga oshib bormoqda.


Muqaddas islom dinida “Ikki koʼz egasini doʼzax otashi kuydirmas: biri – Аllohning azobidan qoʼrqib yigʼlagan koʼz, ikkinchisi – Аlloh yoʼlida poyloqchilik qilib bedor boʼlgan koʼz” (Imom Termiziy rivoyati) deb rivoyat qilingan Paygʼambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadislaridan ham shuni anglash mumkinki, Vatan himoyasi yoʼlida olib borilayotgan har qanday xizmat savobli amallar qatoriga kiradi.
14 yanvar kuni esa mamlakatimizda faqatgina harbiylarimizgina emas, balki barcha yurtdoshlarimiz ham tinchlik va osoyishtalik bayrami kuni sifatida keng nishonlashayotganligi haqida aytib o’tti. 


 

Izoh qoldirish