12.01.2023

HADISLARNI YOZILISH VA JAMLANISH TARIXI

OʼZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HUZURIDAGI MALAKA OSHIRISH MARKAZI SAMARQAND VILOYATI MINTAQAVIY FILIALI TINGLOVCHILARI HAMDA PROFESSOR-O`QITUVCHILARI ISHTIROKIDA 2023 YIL 10-YANVAR  KUNI HADIS ILMI OLIY MAKTABI USTOZI SHAYX MAXMUD HASAN HAZRATLARI BILAN “HADISLARNI YOZILISH VA JAMLANISH TARIXI” MAVZUSIDA BO`LIB O`TGAN DAVRA SUHBATI  TO`G`RISIDA

MA`LUMOT. 

 

Malaka oshirish oʼquv jarayonini takomillashtirish boʼyicha tayyorlangan takliflar va ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tinglovchilar bilan koʼchma mashgʼulotlar, yetuk diniy-maʼrifiy soha xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, Imom Buxoriy xalkaro ilmiy-tadkikot markazi va Xadis ilmi maktabining axborot reurs markazidan foydalanishlar yoʼlga qoʼyilgan bo’lib, bu borada Hadis ilmi oliy maktabi bilan hamkorlikda muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, 2023 yil 10-yanvar kuni Hadis ilmi oliy maktabida “Hadislarni yozilish va jamlanish tarixi” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Unda hadis ilmi oliy maktabining oʼqituvchilari – shayx Maxmud Hasan hazratlari va Mahmudjon domla Аbdurahmonovlar Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari – imom-xatiblar, noib imomlar va professor-o`qituvchilari bilan qiziqarli davra suhbati olib borildi. 

Kirish so`zini Hadis ilmi oliy maktabi kafedrasi mudiri Maxmud Abduraxmonov ochib berdi.

Shayx Maxmud Hasan hazratlari “Hadislarni yozilish va jamlanish tarixi” mavzusi bo`yicha ma`ruza qildilar.

O`tkazilgan davra suhbatida tinglovchilar davra suhbatini katta qiziqish bilan tingladilar. Tinglovchilar  o`zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va batafsil javoblar oldilar.

 

Davra suhbati so`ngida tinglovchilar  Shayx Maxmud Hasan hazratlari bilan esdalik uchun sur`atga tushdilar.

Izoh qoldirish