Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali "Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari" kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa fanlari nomzodi U.Mustafayev 2023 yil 7 yanvar sanasida imom Termiziy o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchilariga ma’ruza va amaliy darslarni tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasiga bag‘ishlangan seminar-trening mashg‘ulotini o‘tdi.
- Kritik fikrlash-tanqidiy tafakkur;
- Kreativlik-ijodiy yondoshuv;
- Kollaboratsiya-jamoada ishlash;
- Kommunikatsiya-muloqot ko‘nikmasi.
Tanqidiy fikrlash yetti muhim xususiyatga ega: qiziquvchanlik, turli jihatlarga ochiqlik, tizimli fikrlash qobiliyati, tahliliy yondashuv, haqiqatda qat’iyatlilik, tanqidiy fikrlashning o‘ziga ishonch va nihoyat yetuklik.
Kreativlik..... Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab «kreativlik» tushunchasining mazmunini aniqlash talab etiladi. Kreativlik so‘zi inglizcha «create”dan olingan bo‘lib, yaratish ma’nosini beradi. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tag zamirida originallik, amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan qaray olishni anglatadi.
Izoh qoldirish