“Abu Iso Muhammad at-Termiziy” maqbara meʼmoriy yodgorliklariga joylarda amaliy mashg’ulot
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik
imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 3-davra 1-gurux tinglovchilari 2022 yil
16-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Al Hakim at-Termiziy” va Sherabod tumanida joylashgan “Abu Iso Muhammad
at-Termiziy” maqbara meʼmoriy yodgorliklariga
joylarda amaliy mashg’ulot uyushtirildi.
Al Hakim at-Termiziy - Musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Al Hakim at-Termiziy maqbarasi meʼmoriy yodgorlik bo‘lib, qadimgi Term iz shahrining chekkasida joylashgan. Maqbarada buyuk islom arbobi, turli falsafiy va diniy asarlar muallifi, darveshlar jamoasining yaratuvchisi Abu Abdulloh ibn Hasan ibn Bashir al-Hakimiy at-Termiziy maqbarada dafn etilgan. U xalq orasida Termiz-ota deb ham nomlanadi. Afsonaga ko‘ra, o‘n yoshida unga vahiy kelib, bir qariya unga bilim bergan. Vaqt o‘tishi bilan u shuhrat qozondi, lekin ota-onasining uyida kamtarona yashashni davom ettirdi. Hakim at-Termiziy shahid sifatida vafot etdi – qarilik chog‘ida shaharga bostirib kirgan dushmanlar uni boshidan judo qildilar (IX asr oxiri).
Afsonaga ko‘ra, Chingizxon ushbu noyob durdonadan hayratda qolgan, o‘z qo‘shiniga yodgorlikka zarar bermaslikni buyurgan, chunki u bu binoni odamlar emas, balki xudolar yaratgan deb ishongan.
Maqbara ustida gumbaz ko‘tarilgan, bino ichida esa juda hashamatli bezaklar bor. Marmardan yasalgan va noyob naqshlar va arab yozuvlari bilan bezatilgan avliyoning qabr toshli diqqatni o‘ziga tortadi. Ansamblning yonida sal keyinroq qurilgan jome masjidi joylashgan.
At-Termiziy majmuasi hududida yana bir nechta qiziqarli diqqatga sazovor joylar mavjud: Chillaxonalar – milodiy V-X asrlarga oid qadimiy g‘or inshootlari, qadimgi Tarmita shaharchasining xarobalari (Eski Termiz), Termiz shahri va Termiz shahar muzeyi.
Temuriylar hukmronligi davrida (15-asr) xonaqoh baland asos (bal. 1,5 m) ustiga pishiq gʻishtdan qayta qurildi. Unga tutash boʻlgan xonalar taʼmirlandi. Xonaqohning shim. va jan. tomonlariga peshtoq ishlandi. Oddiy va aniq qurilmali xona devorlari ravoq ustunlari "romb" koʻrinishidagi poyustunga tayangan. Hakim Termiziy maqbarasi 9-asrda bunyod etilgan xonaqoh hujralaridan biri boʻlgan. Xonaqoh hovlisining gʻarbidagi 3 gumbazli masjid maqbaraga tutash, 3 ravogʻi hovliga kdragan. Masjidning gʻarbiy devor markazida keng hoshiyali mehrob bor.
Masjid ustunlari gʻishtdan bezakli qilib terilgan. Masjiddan ravoq orqali maqbaraga oʻtiladi. Maqbara ichi ganch oʻymakorligida gilam nusxa bezakda serhasham pardozlangan.
Gumbaz osti sharafasida kufiy xatida Qurʼonning 36surasi oʻyib yozilgan. Xonaqoh ichi ham yulduzsimon girih naqshlar bilan pardozlangan.
Iso Muhammad at-Termiziy (824-892)
- Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabki maʼlumotni ham shu yerda olgan. Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn Gʻaylon va boshqa uning ustozlari edi.
Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda boʻlgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini eʼtirof etadi. Oʻz navbatida Imom Buxoriy oʻz shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim", degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi.
Termiziy yoʻlda, safarda boʻlganda ham, yoki bir joyda muqim turganda ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ularni tartibli ravishda alohidaalohida qayd qilib borardi. 868 yil xorij safaridan oʻz yurtiga qaytgan Termiziy ilmiyijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashgʻul boʻldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, islom dini va oʻz obroʻsiga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo molmatosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning gʻamini yeyish Termiziyning hayoti tarzi edi. Termiziyning shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida Makhul ibn alFadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamod ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiy va boshqalarni koʻrsatish mumkin.
Izoh qoldirish