O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADHIYASI QABUL QILINGANLIGINING 30 YILLIGI
O‘ZBEKICTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HUZURIDAGI MALAKA OSHIRISH MARKAZINING
SAMARQAND VILOYATI MINTAQAVIY FILIALI
TOMONIDAN 2022 YIL 10 DEKABR KUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADHIYASI QABUL QILINGANLIGINING
30 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TO‘G‘RISIDA
MA’LUMOT
Davlat ramzlari mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi, xalqimizning shaʼnu shavkati, gʼururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini oʼzida mujassam etuvchi muqaddas timsoli bo’lib, mustaqillikning ilk kunlaridan xalqimizning ozodlik, hurlik singari eng buyuk orzu-intilishlarini, maʼnaviy qadriyatlarini ifodalovchi, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtga sadoqat, bunyodkorlik va yaratuvchanlikka undovchi Bosh qoʼshiqni qabul qilishga asosiy eʼtibor qaratildi. 1992 yil 10 dekabrda “Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʼgʼrisida”gi qonun imzolandi. Mazkur qonunda belgilanganidek, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi, unga zoʼr ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.
Bugungi kunda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida madhiyamizning 30 yilligi munosabati bilan ma’naviy-marifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Huddi shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida ham tashkil etildi.
Tadbirni mintaqaviy filial direktori J.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi va tinglovchilarga tadbir ishtirokichlarini tanishtirdi hamda Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan barchani samimiy tilaklari bilan tabrikladi.
Dastur bo‘yicha tadbir davom etdi va tadbir davomida filialning “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri X.Djurakulov mustaqil davlaimizning ramzi hisoblangan madhiyamiz tarixi haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.
.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida tinglovchilar Madhiyamiz haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va bu borada bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Izoh qoldirish