Bosh qomus – adolat mezoni
O‘zbekicton xalqaro islom akademiyasi huzuridagi
Malaka oshirish markazining
Samarqand viloyati mintaqaviy filiali
tomonidan 2022 yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Bosh qomus – adolat mezoni” mavzusidagi va 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida imom xatib va imom noiblar bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir to‘g‘risida
MA’LUMOT
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimiz demokratik huquqiy davlat qurish, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash yo‘lidan bormoqda. Qonun ustuvorligi va ijrosini ta’minlash davlatimiz siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Qonun ustuvorligi bevosita bosh qomusimiz Konstitutsiyada mustahkamlanib qo‘yildi. Inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish – mamlakatimiz Konstitutsiyasining bosh maqsadidir.
Bugungi kunda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan “Bosh qomus – adolat mezoni” shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Huddi shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirokida ham tashkil etildi.
Tadbirni mintaqaviy filial direktori J.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi va tinglovchilarga tadbir ishtirokichlarini tanishtirdi hamda konstitutsiyaning 30 yilligi bilan barchani samimiy tilaklari bilan tabrikladi.
Dastur bo‘yicha quyidagi mavzular bilan tadbir davom etdi, ya’ni:
1-mavzu: “Vatanimiz taraqqiyotining huquqiy asosi”.
Ma’ruzachi: Xo‘ja Ismoil MFY proflaktika inspektori Navbonov Qahramon Bobirovich, kattta leytenant.
Ma’ruza davomida Q.Navbonov mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, barcha jabhalarni demokratik yangilash, bosqichma-bosqich va izchil isloh etish borasidagi amaliy sa’y-harakatlar samarasida bu ezgu maqsadlar ro‘yobga chiqayotganligi va huquqiy davlatchilikni qurish yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash ustuvor, deb hisoblangan o‘zining milliy qonunchiligini shakllantirayotganligi haqida o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
2-mavzu: “Konstitutsiyamiz – jamiyatni demokratlashtirishning asosi”. Ma’ruzachi: falsafa fanlari doktori, dotsent X.Djurakulov - “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizda inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolati hisoblanadi. O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Biz uchun Konstitutsiya jinsi, irqi, millati, dini, siyosiy va diniy e’tiqodi, mulkiy va mansab mavqei, yashash joyi, jamoat birlashmalariga a’zoligi va boshqa shaxsiy yoki ijtimoiy xarakterdagi shart-sharoitlar va holatlaridan qat’i nazar barchaning qonun va sud oldidagi, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarda tengligini kafolatlashi eng muhimdir – deb, ta’kidlaydi X.Djurakulov.
SHuningdek, tadbir davomida filial direktori J.Ochilov 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusidagi tadbirni davom ettirdi.
Dasturdan kelib chiqib, proflaktika inspektori Q.Navbonov korrupsiyaning mamlakatimiz taraqqiyoti kushandasi ekanligini va unga qarshi kurashish barchaning vazifasi bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tadi.
SHu bilan birga “Ijtimoiy va mutaxassislik” fanlari kafedrasi mudiri X.Djurakulov tadbir davomida tinglovchilarga korrupsiyaning kelib chiqishi, mazmun-mohiyati haqida o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida tinglovchilar Konstitutsiya va korrupsiya tushunchasi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va bu borada bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Izoh qoldirish