Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida davra suhbati
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali 3-davra tinglovchilari bilan 2022 yil 13-dekabr kuni tushdan keyingi tadbirlar rejasiga asosan Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida davra suhbati tashkil etildi.
Tinglovchilarni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari Otabek Muhammadiyev kutib olib, ushbu markazning faoliyati bilan tanishtirib o‘tdi.
Tadbir davomida tinglovchilar markazda tashkil etilgan muzey bilan tanishdilar. Darhaqiqat, muzeyga kirgan kishi asl ilm manbaidan kuch olishi tabiiy, o‘zingizni ruhan poklangandek sezasiz. Muzey markaziga "Sahihi Buxoriy" kitobining qadimiy qo‘lyozma nusxasi va buyuk muhaddisning ayni paytda dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan noyob asarlarining nusxalari qo‘yilganligi odamni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi.
Markazda allomalarning bebaho merosini o‘rganishda o‘ziga xos maktab yaratgan buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, ulug‘ faqihlar Burhoniddin Marg‘inoniy, Abullays Samarqandiy, kalom ilmining buyuk mutafakkirlari Abu Mansur Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ajdodlar boy merosini alohida-alohida o‘rganish va ilmning shu sohalari bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilgan deydi O.Muhammadiyev. Bugungi kunda bu borada xorijdagi nufuzli xalqaro ilmiy markazlar, ta’lim muassasalari bilan doimiy ravishda hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Izoh qoldirish