12.12.2022

O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi – quyoshni uyg‘otuvchi sado

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 3-davra tinglovchilariga 2022 yil 10 - dekabr kuni Termiz Davlat universiteti Yuridik fakukteti Fuqorolik jamiyati kafedrasi katta o’qituvchilari Xo’janazarov Abdusalom hamda Davlatova Shoira ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi - quyoshni uyg‘otuvchi sado” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo`lib o`tdi.

Davlat timsollari, jumladan, davlat gimnlari har bir mamlakatning kuch-qudrati, tarixi, an’analari, ma’naviy dunyosini o‘zida ifodalaydi. Davlatning bosh qo‘shig‘i – madhiya turli tillarda turlicha nomlanadi. Ko‘pgina Yevropa tillarida bu atama “gimn” so‘zi bilan ifodalanadi.

O‘zbekiston taraqqiyoti hamda barqarorligida Davlat ramzlarining o‘rni beqiyos. Vatanimiz bayrog‘i, gerbi, madhiyasi - katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasidir. Insoniyat tarixida Vatan ramzlari doimo g‘urur va iftixor, ulug‘ va muqaddas sanalganki, ular uchun odamlar jonlarini fido qilganlar. Ular fuqarolarni bir maqsad yo‘lida birlashishga undagan. Davlat ramzlari hamisha muqaddas hisoblangan. Chunki ular millatning tarixi, buguni va kelajagini o‘zida aks etgan Vatanning yorqin timsolidir.

Davlat ramzlari mamlakat suverenitetini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning Davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, har birimizga faxru iftixor bag‘ishlaydi. Ular ma’naviyatning eng muhim timsollaridir. Shu bois madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida xalqimizning ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib hizmat qilmoqda. Madhiyada mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ullar tarannum etilgan.

Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har narsadan ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz, ayniqsa, yosh avlodning yodda tutishi maqsadga muvofiqdir.

 

 

 

   
 
   
 
 
   
 
 

Izoh qoldirish