12.12.2022

“Bosh qomus – adolat mezoni” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

“Bosh qomus – adolat mezoni” mavzusidagi 

maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

 

1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, eng avvalo barchamizga Oʼzbekiston ozodligining shahodati sifatida qadrlidir. Oʼzbekiston oʼz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topdi. Mamlakatimiz bosh Qomusi hisoblangan Konstitutsiyamiz millatidan, irqidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar barchani bir hil huquq va ozodlik bilan taʼminlaydi. Konstitutsiyamiz asrlar osha boy tarixga ega boʼlgan madaniy merosimiz asosida bitilgan. Uning jamiyatimizda tutgan oʼrni yurtimiz rivoji, xalqimizning maʼnaviy boyliklarini koʼpaytirish yoʼlida koʼp qirrali va yorugʼ yoʼllarini ochib berdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda barcha sohalar qatori taʼlim sohasida ham beqiyos rivojlanish va cheksiz imkoniyatlar yaratib kelmoqda.

Mintaqaviy filial xodimlari va tinglovchilar bilan birgalikda konstitutciyamizning                 30 yilligi munosabati bilan “Bosh qomus – adolat mezoni” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filialning tarix fanlari nomzodi, docent B.Turganov “Bosh qomus – adolat mezoni” mavzusida nutq so’zladi va Konstituttsiyaning  30 yilligi bilan barchani samimiy tilaklari bilan tabrikladi. 

 

 

Shuningdek, Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir davomida tinglovchilar Konstituttsiya haqida oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

 

 

 

Izoh qoldirish