9-dekabr "Xalqaro korrubsiyaga qarshi kurashish kuni"
Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Xalqaro Islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali, Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz davlat universiteti hamkorligida 9-dekabr "Xalqaro korrubsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan “Biz tahsil olayotgan ta’lim muassasalarida korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida oliygohlarning professor - o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida seminar - davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg'on tumani “Qul Xoja Ahmad Yassaviy” jome masjidi imom-xatibiXalmuratov Shavkat Abdumalikovich, Termiz muhandislik-texnologiya instituti prorektori, falsafa fanlari doktori (PhD) M. Majitov hamda Termiz Davlat universiteti Yuridik fakukteti dekani, .yuridik fanlar nomzodi, dotsent J.Xolmo‘minov hamda talabalar shtirok etishdi.
Suhbatda Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri ekanligi. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishligi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishligi va shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olganligi to'g'risida so'z olib borildi.
Tadbir fikr-mulohazalarga boy bo'ldi va talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Izoh qoldirish