07.12.2022

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali Qashqadaryo va Surxondaryolik imom-xatib va noiblardan iborat bo‘lgan 3-davra 1-gurux tinglovchilariga 2022 yil 07-dekabr kuni Termiz Davlat universiteti Yuridik fakukteti Fuqorolik jamiyati kafedrasi katta o’qituvchisi Xo’janazarov Abdusalom  “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida huquqiy-ma’rifiy bayram tadbiri bo`lib o`tdi.

Bosh qonunimiz — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonda yangi, suveren, istiqboli porloq davlat dunyoga kelganining o‘ziga xos shahodatnomasidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil yurtning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. 

Ma’lumki, har qanday huquqiy demokratik davlatning eng asosiy prinsiplaridan biri - bu qonun ustuvorligidir. Bosh qomusimiz bo’lgan Konstitutsiya - yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tarkib toptirish, xalqimiz uchun farovon hayot barpo etish, mamlakatimizning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallab turishda xizmat qiladigan mustahkam poydevor sanaladi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, 1992-yil 8-dekabrda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq oʼn birinchi sessiyasida mustaqil davlatimizning huquqiy asosi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Oʼtgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi, odamlarimizning dunyoqarashi butunlay oʼzgargani, har bir yurtdoshimizning mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshayotgani Bosh qomusimizning hayotbaxsh qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat beradi. Ana shu ulkan salohiyatga tayanib, xalqimiz bugungi kunda murakkab sinovlarni mardona yengib, yurtimizda erkin, obod va farovon hayot – yangi Oʼzbekistonni barpo etish yoʼlida fidokorona mehnat qilmoqda.

 

Aynan Konstitutsiyamizga tayanib, Prezidentimiz boshchiligida bundan olti yil oldin mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi qabul qilindi va Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar boshlandi. Ayni vaqtda biz Konstitutsiyamiz normalarini hayotga to‘la tatbiq etish, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash borasida hali ko‘p ish qilishimiz kerakligini yaxshi tasavvur qilamiz. Oldimizda turgan vazifalarni amalga oshirish uchun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida keng ko‘lamli islohotlarimizni izchil davom ettiramiz.

Mana shu o‘tgan vaqt davomida mamlakatimizdagi tub islohot va o‘zgarishlarning barchasi Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilmoqda. Bu esa uning haqiqatan ham xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to‘la javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjat ekanidan dalolat beradi.

Bu bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi, albatta. Ayni paytda biz Asosiy qonunimiz talablarini to‘liq amalga oshirish borasida hali oldimizda ulkan vazifalar turganini yaxshi tushunamiz. Ya’ni, xalqimiz hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda ta’minlash bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz kerak. Eng avvalo, odamlarimiz islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun o‘z hayotida his etishlari zarur.

 

                                                                                                              

 

 

Izoh qoldirish